AQŞ mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni “keyingi avlod razvedkasi” sifatida qöllaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Ğoyaga köra, ösimliklar ma'lumotlarni yiğib, ularni uzatuvçi “ayğoqçilar” sifatida qöllanadi.
Harbiylar rejasiga atrofdagi şaroitlar özgarişi, jumladan, muhitning kimyoviy tarkibi tebranişi yoki unda radioaktiv zarralar paydo bölişiga öziga xos tarzda javob beruvçi ösimlik-datçiklarni yaratiş kiradi.
Bu ösimliklar elektromagnit tölqinlar, patogen mikroorganizmlar, radiatsiya, kimyoviy moddalar va minalarni aniqlaş uçun qöllanadi.
Bunday genetik modifikatsiya qilingan organizmlarning ta'sirlaşuvini masofadan turib kuzatiş közda tutilgan. Mutaxassislarning aytişiça, loyihaning asosiy vazifalardan biri yangi organizmlarning mahalliy ösimliklar bilan raqobat şaroitida yaxşi yaşovçanligini ta'minlaş hisoblanadi.
Ayni vaqtda Pentagonda yangi texnologiyalarning rivojlantirilişi uçun javob beruvçi agentlik APT (Advanced Plant Technologies) deb nom olgan uşbu loyiha doirasida sintetik biologiya sohasida faoliyat yurituvçi olimlar örtasida sörov ötkazmoqda.












