Amazon onlayn-riteyleri asosçisi va rahbari Jyeff Bezosning boyligi katta miqdorda çegirmalar taqdim qilinuvçi “qora juma”dan keyin 100 mlrd. dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Bezos kompaniyasining aksiyalari narxi katta kölamli savdolardan ilhomlangan sarmoyaçilar evaziga 2 foizga oşdi. Bu kuni onlayn-dökonda savdolar hajmi ötgan yilgiga nisbatan 18,4 foiz oşiqroq bölgan.
Avvalroq Bezos boyligi 93,1 mlrd. dollarga baholanayotgandi. Şu tariqa, Bezos boyligi 100 mlrd. dollarga yetgan dunyodagi ilk odam böldi.
Amazon dunyodagi eng yirik onlayn-riteylerdan biri hisoblanadi. Kompaniya AQŞdan taşqari, Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa davlatlarida faoliyat yuritadi. Amazon.com onlayn-dökoni 1995 yil iyulda işga tuşirilgan.

















