AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali suhbatdan oldin tvitterda AQŞ qöşinlarining Yaqin Şarqda bölişi xato hisoblanişini, boz ustiga AQŞ mintaqadagi harbiy operatsiyalarga 6 trln. dollarga yaqin mablağ sarflaganini yozgan. 

“Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan menga bunday betartiblik meros bölib qolgan Yaqin Şarqda tinçlik örnatiş haqida gaplaşaman. Men buning uçun qölimdan kelgan işni qilaman, biroq agar yöqotilgan hayotlar va dollarlar hisoblansa, bizning u yerdagi aralaşuvimiz boşidan xato bölgan”, deb yozgan Tramp. 

Keyinroq Reuters axborot agentligi Tramp Erdöğan bilan uning Soçiga taşrifi, ikki tomonlama munosabatlar va Suriyadagi oxirgi voqealarni muhokama qilganini ma'lum qilgan. 

8 noyabrda The Wall Street Journal naşri AQŞ 2001 yildan to şu kungaça Afğoniston, Iroq, Suriya va Pokistondagi uruşlarga 5,6 trln dollar sarflaganini ma'lum qilgandi. Ta'kidlab ötilganidek, bu qiymat Pentagon dastlab rejalaştirgandan 3 marta köproqni taşkil qiladi.  

23 noyabrda şu naşrning özi AQŞ Suriyada IŞID töliq yakson qilingandan keyin ham u yerda rasmiy Damaşqqa böysunmaydigan yangi hokimiyat yaratiş maqsadida qolmoqçiligini ma'lum qilgan.