Angliya Premer-ligasida 13-tur öyinlari davom etmoqda.
Turning markaziy öyinida «Liverpul» va «Çelsi» bellaşdi. Muxlislar murosasiz kuraşlarga boy bölgan qiziqarli öyinning guvohi bölişdi.
Dastlabki bölim mezbonlarning taşabbusi ostida ötdi. Ammo ular hisobni ikkinçi bölimda oçişdi. 65-daqiqada himoyaçilar xatosidan foydalangan Muhammad Saloh jarima maydoniga yorib kirib, yaqin masofadan darvozani işğol etdi.
Şundan söng, «Çelsi» katta kuç bilan oldinga ötdi va hisobni tenglaştirişga erişdi. 85-daqiqada Villianning aqlbovar qilmas zarbasidan söng, töp darvozabon ustidan oşib ötib, tördan joy oldi.
Öyin oxiriga qadar har ikkala jamoa ğalabani tortib olişi mumkin edi. Biroq, darvozalarga boşqa töp kiritilmadi.
Bu natijadan söng, «Çelsi» 26 oçko bilan musobaqa jadvalida uçinçi, «Liverpul» esa 23 oçko bilan beşinçi örinni egallab turibdi.
APL, 13-tur
Liverpul – Çelsi 1:1 (0:0, 1:1)
25 noyabr, «Enfild» stadioni
Gollar: 1:0 – 65 Saloh, 1:1 – 85 Villian.
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Klavan, Milner, Xenderson, Koutino (Lallana, 89), Oksleyd-Çemberlen (Mane, 89), Saloh, Starrij (Veynaldum, 66).
Çelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Azar, Drinkuoter (Fabregas, 74), Kante, Bakayoko (Pedro, 77), Dzappakosta (Villian, 83), Morata.












