Bugun Rossiyaning Beloyarskiy şahrida ötayotgan boks böyiça «Neftga ega mamlakatlar kubogi»ning yarim final bellaşuvlari yakunlandi.

52 kg vazn toifasida Özbekiston bayroği ostida ringga çiqib kelayotgan Hasanboy Dösmatov rossiyalik boksçi Artur Lojnikovga qarşi jang olib bordi va öz ustunligida ötgan qarama-qarşilikda Hasanboy hakamlar xulosasiga köra ğalabaga erişdi.

64 kg vazn toifasida ringga çiqib, yurtimiz şarafini munosib himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov final uçun keçgan jangda mezbonlar boksçisi Alis Şarifovga qarşi ringga çiqdi. Teng kuraşlar ötgan baslaşuvda rossiyalik boksçi sportçimizning keskin qarşiliga duç keldi va pirovard natijada Iqboljon yarim fainal jang ğolibi böldi.

75 kg vaznda raqiblarini birin-ketin yutib kelayotgan yurtdoşimiz Isroil Madrimov yarim final jangida belaruslik Vladislav Savostyanovga qarşi ringga kötarildi. Tajribali boksçimiz jang yakunida hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qaroriga köra ğolib deb topildi.

–91 kg vazn toifasidagi boksçilar örtasida ötgan yarim final jangida ringga çiqqan boksçimiz Sanjar Tursunov belaruslik Sergey Kornev bilan kuç sinaşdi va özigaça ringda ğolib bölib, final yöllanmasini naqd qilgan vakillarimizning muvaffaqiyatini davom ettirdi.

Şunday qilib, ertaga 26 noyabr kuni bölib ötadigan final janglarida Hasanboy Dösmatov (52 kg), Iqboljon Xoldorov (64), Isroil Madrimov (75 kg) va Sanjar Tursunov (–91 kg) Özbekiston nomidan ringga kötarilişadi.