Bitkoin kursi tarixda ilk marta 9000 dollardan oşdi. Şu tariqa, kriptovalyuta 10 ming dollarlik qiymatga jadal yaqinlaşmoqda. Avvalroq bitkoin kursi 10 ming dollarga yetişi jiddiy sinov deb atalgandi.

26 noyabrdagi savdolar vaqtida bitkoin kursi 9043 dollarga yetdi. Savdolar oçilişi vaqtida uning kursi 8763 dollar bölgan va şu tariqa 280 dollarga qimmatlaşgan.

Biroq bitkoin rekord natija qayd qilgaç, 8932 dollargaça tuşib ketgan hamda oxir natijada 8965 dollar qiymatida töxtagan. Şu ösiş hisobiga bitkoinning kapitallaşuvi 149 milliard dollarga yetdi.

Ötgan haftada bitkoin kursi 8 ming dollardan oşgandi.

Ba'zi prognozlarga köra, bitkoin kursi yil oxirigaça 10 ming dollargaça yetişi mumkin.

Noyabr boşida bitkoin kursi deyarli 30 foizga pastlab, 5605 dollargaça arzonlaşgandi. Bu holat sarmoyaçilar bitkoindan ajralib çiqqan bitkoin-keş kriptovalyutasiga e'tibor qaratişgani bilan boğliq bölgan.