Yaman bolalar uçun sayyoramizdagi eng yomon joylardan biriga aylangan. Bunday fikrni YUNISEFning Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlari böyiça vakili Gert Kappeler bildirdi.
Uning ta'kidlaşiça, Yamanda 11 mln bola favqulodda gumanitar yordamga muhtoj va har 10 daqiqada oldini oliş mumkin bölgan kasalliklardan bir bola vafot etadi.
“Afsuski, Yamandagi uruş bolalar bilan uruşga aylangan”, deb aytmoqda Kappeler. Uning aytişiça, Saudiya Arabistoni boşçiligidagi xalqaro koalitsiya yamanlik husiylarga qarşi operatsiya boşlagandan beri Yamanda 5 mingga yaqin bola halok bölgan yoki oğir jarohat olgan.











