Ispaniya çempionatining 13-turida, nafaqat turning, balki mavsumning muhim öyinlaridan biri bölgan «Valensiya» va «Barselona» uçraşuvida ğolib aniqlanmadi. Hakam kataloniyaliklar jamoasining toza golini hisobga olmadi va uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi.

«Valensiya» – «Barselona» – 1:1 (0:0)
Gollar: Rodrigo, 60 (1:0). Jordi Alba, 82 (1:1).
«Valensiya»: Netu, Montoyya, Gabriel Paulista, Garay (Vezu, 86), Xose Gayya, Soler (Mina, 89), Parexo, Kondogbya, Gonsalu Gedeş, Rodrigo (Pereyra, 82), Dzadza.
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu (Aleyş Vidal, 80), Fermalen, Yumtiti, Jordi Alba, Rakitiç (Deulofeu, 68), Buskets, Inesta (D..Suares, 72), Messi, L.Suares, Paulinyu.
Ogohlantirişlar: Kondogbiya, 32. Gabriel Paulista, 44. Rodrigo, 74. Pereyra, 89.
Hakam: Iglesias Vilyanueva.
26 noyabr. Valensiya. Mestalla stadioni.

«Valensiya» boş murabbiyisiz harakatlangan bölsada, mavsumdagi mağlubiyatsiz seriyani davom ettirdi va turnir jadvalida peşqadamlik qilayotgan katalonlardan oçko tortib oldi. Aslida kim kimdan nima tortib oldi, quyida körib çiqamiz.

Tomonlarning yöqotişlari

Ötgan turda «Real» va «Atletiko» özaro öyinda oçko yöqotişidan keyin «Valensiya» «Barselona» uçun asosiy raqobatçiga aylangandi. Özaro öyinda kataloniyaliklar ğalaba qozoniş orqali bu raqibni ham ortda qoldirib ketişi (7 oçko) mumkin bölardi.

Mavsumda qatorasiga 8 öyinda ğalaba qozonib kelgan «körşapalaklar» bu turda töqqizinçi ğalabaga ham iştiyoq körsatişdi. Bu jamoa hujumçisi Simone Dzadza ham Messidan keyin (13) içki çempionatda ikkinçi töpurar bölib turibdi (9). Uning hujumdagi şerigi Rodrigo 8 gol va 7 golli pas muallifi sifatida Yevropadagi eng sermahsul futbolçi. U biroz oldinroq «Mestalya»da 2022 yilgaça qolişga rozi bölgan va yangi şartnomaga imzo çekkandi.

Bu uçraşuvdan oldin «Valensiya»ning yagona yöqotişi - murabbiy Marselino böldi. U ötgan turda «Espanol»ga qarşi öyinda hakam bilan tortişgani uçun maydondan çetlatilgan va diskvalifikatsiya qilingandi. U bilan birga öğli Serxio Garsiya ham çetlatilgan, hakam Ernandes Ernandes protokolda u öziga sökingani haqida yozgandi.