Prezident Şavkat Mirziyoyevning “2016 — 2020 yillarda Özbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi va “Özbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari ayollar, ona va bola salomatligi muhofazasi yölida olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim huquqiy asos bölmoqda.  

Millat genofondini yaxşilaş, salomatlik körsatkiçlarini ijobiy tomonga özgartiriş ona va bola salomatligi muhofazasi reproduktiv salomatlikni mustahkamlaşdan boşlanadi. Ayniqsa, bunda ösmir qizlar salomatligi katta ahamiyatga ega. 

Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, şu maqsadda, 2018 yildan mamlakatda dunyoda birinçilardan bölib, ösmir qizlarni odam papilloma virusiga qarşi emlaş bilan töliq qamrab oliş yölga qöyiladi. Bu ayollar örtasida onkologik kasalliklarning oldini oliş, reproduktiv salomatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. 

Ma'lumot uçun, papilolloma virusli kasallik bölib, uning 100 dan ortiq turi mavjud. Ayrim körinişlari esa onkologik xastaliklarni keltirib çiqaradi. Jumladan, ayollardagi baçadon böyni saratoni rivojlanişida papilloma virusi yetakçilik qiladi. 

Uşbu xastalikdan himoyalanişning eng samarali usuli — papilloma virusiga qarşi emlaşdir. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti emlaş tadbirini 9-13 yoşli qizlar örtasida ötkazişni tavsiya etadi. 

Eslatib ötamiz, milliy emlaş kalendari böyiça mamlakatda bolalar 12 ta boşqariladigan infeksiyaga qarşi davlat hisobidan  profilaktik emlanadi. 2017 yilda yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş uçun sarflanadigan mablağlar töliq davlat byudjyeti hisobidan qoplandi. Uşbu tadbir uçun joriy yilning özida 42,3 milliard söm mablağ ajratildi va emlaş qamrovi 99,5 foizga yetkazildi.