Uç ölçovli (3D) bosmaning tibbiyotda qöllanişi haqida ançadan beri gapirib kelinmoqda va bu mavzu böyiça köplab tadqiqotlar ötkazilgan. Şina Plus portalining ma'lum qilişiça, Xitoyning Çuntsin şahridagi şifoxonada 84 yoşli bemorda 3D-bosma qöllangan holda dunyodagi ilk operatsiya ötkazildi.
Yangi texnologiya qöllangan operatsiya artritdan aziyat çekuvçi qariyaning tizza böğimida ötkazildi. Statistikaga köra, 50 yoşdan 59 yoşgaça bölgan odamlar orasida artrit bilan kasallanganlik 62 foizga yetadi. Bugungi kunda kasallikning keçki bosqiçlarida yagona yeçim şikastlangan böğimni töliq almaştiriş hisoblanadi. Biroq bu har doim ham samara bermaydi.
Professor Yan Lyuning aytişiça, tizza böğimining töliq almaştirilişi artritning keçki bosqiçlaridagi eng samarali davolaş usuli hisoblanadi, çunki u bemorlarning oğriqlarini kamaytirişi va turmuşlarini yaxşilaşi mumkin. Biroq, operatsiyadan keyingi infeksiyalar yoki boşqa sabablarga köra böğim atrofidagi suyaklarda nuqsonlar vujudga kelişi mumkin. Ularning şakli kuçli farq qiladi va mavjud usullar bilan bu nuqsonlarni töğrilaşning imkoni yöq.
Şu sababli asoratlardan qoçiş uçun, 84 yoşli bemorning tizzasidagi nuqson noyob tantal metali bilan töldirilgan. Bu metall stomatologik va jarrohlik implatantlarida qöllanadi. Tantalning köproq titan bilan qotişmasidan foydalaniladi, çunki tantalning özi yuqori haroratlarda eriydi. Bu çeklovni yengib ötiş uçun maxsus yostiqçalar şaklidagi ğovaksimon tantal yaratildi. Bu tantal bemor uçun individual ravişda, avtomatlaştirilgan loyihalaş va yuqori aniqlikdagi 3D-bosma yordamida yaratilgan va bosilgan. Mutaxassislarning ta'kidlaşlariça, bunday operatsiya ança oson ötkaziladi, bemor esa operatsiyadan keyingi kuniyoq oyoğini bemalol harakatlantira oladi.

















