Aviasozlik 3D-bosma texnologiyalari uçun noyob soha hisoblanadi. Bu yerda, masalan, tibbiyot sohasidagidek kompaniyalar köp emas, lekin şunga qaramay, eng katta pullar aynan şu yerda va ular yirik siljişlarni kutmoqda. Hozirça 3D-bosmani aviasozlikda u qadar keng kölamda qöllanmaydi, biroq prototiplarni bosmadan çiqarişda, asbob-uskunalar va çeklangan miqdordagi detallarni tayyorlaşda mazkur texnologiyadan foydalanilmoqda. 3ders şu haqida xabar berdi.
Samolyot işlab çiqaruvçilar 3D-texnologiyani yanada keng tatbiq qilişdan keladigan foydani hisoblab çiqişmoqda. Masalan, Boeing hisob-kitoblariga köra, titandan tayyorlanuvçi komponentlarning özini bosmadan çiqariş har bir 787 Dreamliner samolyotida 2 milliondan 3 million dollargaça tejaş imkonini berar ekan. Gap şundaki, printer kamroq çiqindi qoldiradi, unga kamroq metall talab qilinadi. Bugungi kunda kompaniya samolyotlarida 50 mingga yaqin 3D-printerlarda bosmadan çiqqan detallar qöllaniladi.
Gartner taxminlariga köra, 2021 yilga borib yangi tijorat va harbiy samolyotlarning dvigatel va fyuzelyajlari örtaça 75 foizga bosmadan çiqqan detallardan iborat böladi.

Rejalarga köra, yangi texnologiyalar faqatgina samolyotlarga nisbatan qöllanilmaydi. Ular, şuningdek, raketasozlikka ham ta'sir körsatadi. Ilon Mask va Jyeff Bezosdan ketgan muhandislar tomonidan asos solingan Relativity Space startapi kosmik raketalarni işlab çiqariş uçun ulkan 3D-printerlarni qöllaydi. Avstraliyalik muhandislar esa reaktiv dvigatellarni muvaffaqiyatli loyihalaştirib, 3D-printerdan çiqarişdi va sinovdan ötkazişdi.

Boston Consulting Group xalqaro konsalting kompaniyasining prognoziga köra, 3D-bosma jahon bozori 2020 yilga borib 15 milliard dollarni taşkil qiladi (bugungi kunda - 5 milliard dollar), 2035 yilga borib esa 350 milliard dollargaça, ya'ni 70 karra ösadi.

















