Angliya premer-ligasida bu hafta «miduik» kuzatilmoqda. Dekabrning öta ziç kalendariga sönggi repetitsiya sifatida haftaning örtasida ham çempionati uçraşuvlari bölib ötadi. Tribuna.Uz dunyoning eng ommabop çempionati 14-tur uçraşuvlariga batafsil töxtalib ötdi.
Lester - Tottenhem Boşlaniş vaqti: 29 noyabrga ötar keçasi, 00:45 Translyatsiya: Futbol TV, Matç! Futbol 2
Özaro öyinlar
Ikki jamoa premer-liga doirasida 22 uçraşuv ötkazib, ularning 9tasida «Lester», 8tasida esa «Tottenhem» ğalaba qozongan. 5ta uçraşuvda durang natija qayd etilgan.
Qiziqarli faktlar
«Tottenhem» Angliya Premer-Ligasi doirasidagi «Lester» stadionida ötkazgan sönggi tört uçraşuvdan buyon mağlubiyatga uçramagan va raqiblar darvozasiga 11ta gol kiritgan (3ğalaba, 1durang).
«Lester» öz uyida APL doirasida ötkazgan sönggi 8 uçraşuvda bor-yöği 8 oçko (2 ğalaba, 2 durang, 4 mağlubiyat).
Harri Keyn APLdagi faoliyati davomida heç bir jamoaga «Lester»ga urgançalik köp gol (10ta) kiritmagan.
Keyn ikki jamoa örtasidagi may oyida bölib ötgan sönggi uçraşuvda 4 gol va bitta golli uzatma muallifi bölgan. Bu orqali u APLda bitta uçraşuvda beşta yoki undan köp golda iştirok etgan törtinçi (Adebayor, Defo va Klinsmanndan keyin) «Tottenhem» futbolçisiga aylangandi.
Uotoford - Mançester Yunayted Boşlaniş vaqti: 29 noyabrga ötar keçasi, 01:00 Translyatsiya: Uzreport TV, Matç TV, Matç! Futbol 1
Özaro uçraşuvlar tarixi
«Uotford» va «Mançester Yunayted» jamoalari APL taşkil etilganidan buyon bor-yöği 8 marta özaro öyinda maydonga tuşişgan. 7 uçraşuvda «Yunayted»ning qöli baland kelgan bölsa, bitta uçraşuvda «Uotford» ğalaba qozongan. Öşa uçraşuv ham ötgan mavsumning birinçi davrasidagi uçraşuvda kuzatilgan.
Mavzuga oid
Qiziqarli faktlar
«Mançester Yunayted» 1996 yilning yanvaridan buyon ilk marta APL doirasidagi mehmonda ötkazilgan ketma-ket uç uçraşuvni mağlubiyatsiz ötkazişi mumkin. Salkam 22 yildan buyon jamoa bu natijani uddalay olmaydi.
«Vest Hem» va «Nyukasl Yunayted» ustidan qozonilgan ğalabalardan söng «Uotford» 2015 yilning dekabridan buyon ilk marta ketma-ket uçta premer-liga uçraşuvida ğalaba qozoniş imkoniyatiga ega.
Joze Mourino «Uotford»ga qarşi APLda ötkazgan sönggi 4 uçraşuvning uçtasida ğalaba qozongan va bir marta mağlubiyatga uçragan. Uçta ğalabada ham uning jamoasi öz darvozasidan birorta töp olib çiqmagan.
Romelu Lukaku APLda 200-uçraşuvini ötkaziş imkoniyatiga ega böladi.
Arsenal — Haddersfild Boşlaniş vaqti: 30 noyabrga ötar keçasi, 00:45 Translyatsiya: Matç! Igra
Özaro uçraşuvlar tarixi
Ikki jamoa premer-liga taşkil qilinganidan buyon ilk marta uçraşmoqda. Bungaça hali Angliya çempionati premer-liga nomini olmagan davrlarda 1972 yilda bu ikki jamoa sönggi marta duç kelgan va öşa mavsumda ikki uçraşuvda ham londonliklarning qöli baland kelgandi. Ikki jamoaning eng yaqin tarixdagi töqnaşuvi 2011 yilda Angliya kubogida kuzatilgan bölib, 2011 yil yanvarida bölib ötgan uçraşuvda «Arsenal» 2:1 hisobida zafar quçgan.
Qiziqarli faktlar
«Arsenal» ketma-ket 11 uçraşuvdan buyon Premer-ligadagi uy uçraşuvlarida ğalaba qozonmoqda. Bu borada ularning eng yaxşi natijasi 13 öyindagi ketma-ket ğalaba sanaladi. Öşanda 2005 yilning fevralidan noyabriga qadar «Xayberi»da londonliklar faqat va faqat ğalaba qozongandi.
«Haddersfild» «Emireyts»dagi ilk uçraşuvda ğalaba qozongan uçinçi APL («Vest Hem» va «Hall Siti»dan söng) jamoasiga aylanişi mumkin.
Devid Vagner şogirdlari şuningdek APLda debyut qilgan mavsumidayoq «Arsenal» va «Mançester Yunayted»ni mağlubiyatga uçratgan ikkinçi jamoaga aylanişi mumkin. Sönggi marta bu işni 20 yil muqaddam «Sanderlend» 1996/97 yilgi mavsumda uddalagandi.
Aleksis Sançes APLga yöllanma olgan jamoalarga qarşi 18 uçraşuvda iştirok etib 17 golda qatnaşgan (13 gol, 4 golli uzatma).
Çelsi — Suonsi Boşlaniş: 30 noyabrga ötar keçasi, 00:45 Translyatsiya: Futbol TV, Matç! Futbol 1
Özaro uçraşuvlar tarixi
Ikki jamoa APL doirasida 12 uçraşuvda maydonga tuşgan bölib, 7 uçraşuvda «Çelsi»ning qöli baland kelgan bölsa, 4 uçraşuvda durang qayd etilgan, bitta uçraşuvda «Suonsi» ğalaba qozongan.
Qiziqarli faktlar
«Çelsi» «Suonsi»ga qarşi «Stemford Brij»da ötkazgan 6 uçraşuvning birortasida mağlubiyatga uçramagan (5 ğalaba, 1 durang). Yagona durang ham Joze Mourinoning öta muvaffaqiyatsiz (2015/16) mavsumiga töğri kelgan.
«Suonsi» «Çelsi» «Stemford Brij»da mağlub etgan ilk Uels jamoasi bölişi mumkin.
Joriy mavsumda Alvaro Morataning bir özi (8 gol) APLda «Suonsi»ning jami gollaridan (7ta gol) köproq töp kiritgan.
«Çelsi»ga tegişli bölgan uçun bu uçraşuvda öynay olmaydigan «Suonsi» hujumçisi Temmi Abraham joriy mavsumda gol kiritiş (4ta), darvozaga zarba beriş (22ta), aniq zarbalar (8ta) böyiça «Suonsi»da eng yaxşi körsatkiçga ega futbolçi bölib turibdi.
Mançester Siti - Sauthempton Boşlaniş vaqti: 30 noyabrga ötar keçasi, 01:00 Translyatsiya: UzReport TV, Matç TV
Özaro uçraşuvlar tarixi
Ikkala jamoa APL doirasida 26 uçraşuv ötkazgan bölib, ularning 13tasida «Mançester Siti» jamoasi ğalaba qozongan. 6 uçraşuvda «Sauthempton» vakillarining qöli baland kelgan. 7 uçraşuvda esa ğolib nomi aniqlanmagan.
Qiziqarli faktlar
«Sauthempton» APLga qaytib, yana muntazam iştirokini boşlaganidan buyon (sönggi olti uçraşuvdan buyon) «Etihad»da ğalaba qozona olmaydi. (1 durang, 5 mağlubiyat). Sönggi marta jamoa «Siti» uyidan 2004 yilning bahorida ğalaba qozongan.
«Mançester Siti» ortda qolgan 13 turdan söng 37 oçko töplagan va bu borada APL tarixida eng yaxşi start olgan jamoa bölib turibdi.
Joriy mavsumda «Mançester Siti» öz uyida 24ta gol kiritişga muvaffaq böldi va 2016/17 yilgi mavsumning dastlabki 6 uy uçraşuvida kiritgan gollaridan ikki baravar köproq gol kiritişga muvaffaq böldi.
«Sauthempton» hujumçisi Çarli Ostin APL doirasidagi sönggi 11 uçraşuvida öynab, 8golda (7 gol, 1ta golli pas) iştirok etdi.
Serxio Aguero «Sauthempton»ga qarşi sönggi 6 uçraşuvda 3ta gol va 2ta golli uzatma muallifi bölgan. Şuningdek u özi iştirok etgan APLdagi ketma-ket 6 uçraşuvdan buyon gol urmoqda va bu davrda 8ta töpga mualliflik qildi.
Stok Siti - Liverpul Boşlaniş vaqti: 30 noyabrga ötar keçasi, 01:00 Translyatsiya: Matç! Futbol 2
Özaro uçraşuvlar tarixi
Ikki jamoa APL doirasida özaro 18 marta töqnaş kelgan bölib, 9 uçraşuvda «Liverpul», 4 uçraşuvda esa «Stok»ning qöli baland kelgan5 uçraşuvda ğolib nomi aniqlanmagan.
Qiziqarli faktlar
«Liverpul» «Stok Siti»ga qarşi premer-liga doirasidagi sönggi 8 uçraşuvning 7tasida ğalaba qozongan va 1ta öyinda mağlub bölgan. Öşanda Stiven Jyerrardning klub bilan xayrlaşuv uçraşuvi bölgandi va «Stok» 6:1 hisobida «Liverpul»dan ustun kelgan.
«Stok Siti» boş murabbiyi Mark Hyuz «Liverpul»ga qarşi 13 uçraşuvda mağlubiyatga uçragan va bu borada faqat «Çelsi»ga qarşi (16 mağlubiyat) öyinlarda köproq yutqazgan.
Çerdan Şaqiri Premer-liga doirasidagi sönggi 6 uçraşuvda 2ta gol va 4 golli uzatma muallifi böldi.
Filipp Koutino «Stok Siti»ga qarşi sönggi ikki uçraşuvida ham gol kiritgan. Bu safar u ketma-ket uçinçi uçraşuvda muvaffaqiyat qozonişi mumkin. Bungaça Koutino faqat bir marta «KPR»ga qarşi ketma-ket uç uçraşuvda gol kiritgan.
Boşqa uçraşuvlar Brayton — Kristal Pelas, Boşlaniş vaqti: 29 noyabrga ötar keçasi, 00:45
«Mançester Siti»ga qarşi APLdagi debyut uçraşuvidagi mağlubiyatdan söng «Brayton» öz uyida ötkazgan beşta uçraşuvda ham mağlubiyatga uçramadi.
Vest Bromviç — Nyukasl Boşlaniş vaqti: 29 noyabrga ötar keçasi, 01:00
«Vest Bromviç» «Nyukasl»ga qarşi sönggi öz uyida ötkazgan sönggi 3 uçraşuvning 2tasida ğalaba qozongan. Sönggi bor bu voqea 2015 yilda kuzatilgan. Bornmut — Byornli Boşlaniş vaqti: 30 noyabrga ötar keçasi, 00:45
«Byornli» mehmonda ötkazgan sönggi 8 uçraşuvning 4tasida ğalaba qozonişga muvaffaq böldi va joriy mavsumda mehmonda jami 11 oçko işlaşga ulgurdi.
Everton —Vest Hem Boşlaniş vaqti: 30 noyabrga ötar keçasi, 01:00
«Everton» «Vest Hem»ga qarşi sönggi 18ta APL uçraşuvida faqat bir marta mağlubiyatga uçragan.
Devid Moyyes sobiq jamoasi «Everton»ga qarşi 4 marta öynab barçasida yutqazgan va u APLda heç qaçon yuta olmagan yagona jamoa bölib qolmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi