Anqara muxolifatçi Fathulla Gulen taşkilotining (FETO) moliyaçilaridan biri deb hisoblaydigan tadbirkor Mamduh Çikmaz Sudandan Turkiyaga yetkazildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Turkiya hukumati FETÖni mamlakatdagi davlat töntaruviga aloqadorlikda ayblab keladi. Gulenning özi töntaruvni qoralab, unga qöyilgan ayblovlarni rad etgan.  

Turkiya xavfsizlik kuçlaridagi manbaning ma'lum qilişiça, Çikmazning qölga olinişi Turkiya milliy razvedka taşkiloti huzuridagi FETO böyiça maxsus guruh tomondan amalga oşirilgan. Çikmazning qayerdaligi 2 oy avval örnatilgan. Gumonlanuvçi yaşirin kvartirada uşlanib, söroq qilingan.

Çikmaz barça huquqiy tartibotlar amalga oşirilgandan keyin Turkiyaga yetkazilgan. Uning qölga olinişi va Turkiyaga yetkazilişi Sudan milliy razvedka va xavfsizlik xizmati kömagida ötgan.

Çorum şahrida yaşagan, bir neçta AYoQŞ va ğişt zavodiga ega bölgan Çikmaz Sudanga 2016 yil yanvarida qoçgan. Turkiya xavfsizlik kuçlaridagi manba ma'lumotlariga köra, u Gulen tarafdorlari hisob raqamlariga Çorum viloyati tadbirkorlaridan “ölpon”  sifatida olingan millionlab dollarlarni ötkazib bergan.