«Real» klubi «PSJ» hujumçisi Neymarni xarid qiliş imkoniyatini örganib çiqmoqda.

25 yoşli futbolçi Ispaniyaga qaytişga qarşi emas, ammo Qirollik klubiga qat'iy şart qöygan. Neymar portugaliyalik Kriştianu Ronaldu «Real»ni tark etmagunça, Madridga qadam bosmasligini aytgan, deb xabar bermoqda Don Balon.

Braziliyalik töpurar «Barselona»ni Messining soyasida qolib ketayotgani uçun tark etgandi. Endi esa u yana bir yulduzning soyasiga qaytmoqçi emas.

Eslatib ötamiz, Kriştianu Ronalduning «Real» bilan imzolagan şartnomasi 2021 yilgaça amal qiladi.