Oğizda "yonğin" tursa, uni muzqaymoq bilan öçiring. Bu stomatitga qarşi eng yaxşi vosita.
Stomatit nima özi?
Stomatit — bu oğiz böşliği: til, yonoqlarning içki tomoni, tomoq yalliğlanişining umumiy nomi. Yoqimsiz hissiyotlar sizning ovqatlanişingiz, suv içişingiz, suhbatlaşişingiz va oğriq kuçli bölsa, hatto uxlaşingizga ham xalaqit berişi mumkin.
Stomatit bir neça körinişda böladi:
- Aftlar — şilliq qavatdagi kiçik yaraçalar, ba'zan tilda ham paydo böladi. Ular oğriqli doira şaklidagi oç rangli doğlar körinişida böladi, bunday yaraçalar 5-10 kun içida öz-özidan tuzaladi. Ba'zan bunday doğlardan bir neçta bölişi mumkin.
- Lablarning yalliğlanişi. Uçuq çiqişi ham stomatitga kiradi.
- Yoriqlar. Ba'zan yalliğlaniş jarayoni şunday keçadiki, yaraçalar hosil bölmaydi, lekin şilliq qavat ança zarar köradi.
Stomatit nima uçun paydo böladi?
Sababi köp: bu turli infeksiyalar, jarohatlar yoki yuqumsiz kasalliklar bölişi mumkin.
Quyida stomatitning ba'zi sabablari keltiriladi:
- Infektsiyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburuğlar - bularning barçasi şilliq qavatlarda yaşaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib çiqarişi mumkin, ularda biryöla oğiz böşliği ham aziyat çekadi. Doimo oğziga narsa soluvçi bolalarda ham köpinça stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barçani qörqitgan Koksaki virusi ham stomatitni keltirib çiqaradi.
- Jarohatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz içki tomonini tişlab olsangiz, qandaydir içimlik bilan oğzingizni kuydirib olsangiz.
- Allergiya va ovqatlarga sezuvçanlik. Bu individual reaksiya. Kimdir nordon mevalarni yeya olmaydi, kimdir esa köp pista çaqib, kasalga yöliqişi mumkin.
- Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvçanligini haddan ziyod oşiruvçi har qanday yalliğlanişlar.
- Autoimmun kasalliklar. Şilliq qavat immun tizimini öz hujayralarini vayron qilişga majbur qiluvçi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
- Dori vositalari. Ba'zi dori vositalari ham stomatitni keltirib çiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolaş vositalari, gormonal preparatlar bölişi mumkin.
- Töyib ovqatlanmaslik va stresslar. Rivojlangan mamlakatlarda bunday holatni tasavvur qiliş qiyin, biroq agar siz tezpişar lapşalar bilan oziqlansangiz yoki qat'iy parhezga rioya qilsangiz, kam uxlasangiz va köp asabiylaşsangiz, stomatit paydo bölişi mumkin.













