27 noyabr kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida keng qamrovli «Tozalaş-Antiterror» kompleks umumprofilaktik va tezkor tadbirlari ötkazilişi munosabati navbatdan taşqari brifing ötkazildi. Poytaxt hududida jinoyatlarni barvaqt aniqlaş va huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş maqsadida joriy yilning 20 noyabr kunidan 26 dekabr kuniga qadar ötkaziladi. 

Toşkent şahar IIBB rasmiy vakili Doniyor Toşxöjayevning alohida uqdirişiça, uşbu tadbirlar yaqinlaşib kelayotgan bayramlar avvalida şahar mehmonlari va fuqarolarining xavfsizligi hamda tinçligini ta'minlaşga xizmat qiladi.

Toşxöjayevning ma'lum qilişiça, “Pasport-viza”, “Qidiruv”, “Oriyat”, “Arsenal”, “Hamkor”, “Nazorat”, “Davomat” va “Bumerang” kabi tadbirlar reja asosida amalga oşirilmoqda. Belgilangan vazifalarni samarali ötkaziş maqsadida 1.500 dan ortiq yönalişlar taşkil etilgan.

Toşkent şahrida joylaşgan köp qavatli uylarda joylaşgan xonadonlar, yakka tartibdagi xususiy uy-joylar, korxona, taşkilot va muassasalar, mehmonxonalar va yotoqxonalar, çordoq va yertölalar, kafe-bar va restoranlar hamda boşqa obektlar tekşirildi. 

Bundan taşqari şahar hududida diniy muhitni soğlomlaştiriş turli-xil yot ğoyalarni fuqarolarimiz orasida tarqalişiga yöl qöymaslik maqsadida diniy idora vakillari bilan hamkorlikda oliy öquv yurtlarida 15 ta uçraşuvlar taşkil etildi. 

Şuningdek “Qidiruv” tezkor tadbiri ötkazilib, unda oğir va öta oğir jinoyat sodir etib, qonun va fuqarolar oldida javob berişdan yaşirinib yurgan fuqarolarni aniqlaş maqsadida qidiruv işlari olib borilmoqda. Natijada: 

-132 ta jinoyatlar qayd etilib, şundan 117 tasi foş etildi; 
-13 ta giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar aniqlanib, 2024,66 gramm giyohvandlik moddalari daliliy aşyo sifatida olindi; 
-32 nafar qidiruvdagi jinoyatçilar aniqlanib uşlandi, 
-5 nafar bedarak yöqolganlar aniqlandi.