27 noyabrda Toşkent şahar IIBBda navbatdan taşqari matbuot brifingi bölib ötgani haqida xabar qilingan edi. “Tozalaş – Antiterror” tadbirlar majmuasiga bağişlangan brifingda iştirok etgan ŞIIBB rasmiy vakili D.Toşxöjayev poytaxtda oğir va öta oğir jinoyatlar töliq foş etilayotganini ta'kidlab ötdi.
“Bugun men, nafaqat işonç bilan, balki faxr bilan bayonot berişim mumkinki, Toşkent şahrida birorta ham foş etilmay qolayotgan oğir va öta oğir jinoyat yöq. Barça oğir va öta oğir jinoyatlar izi sovumasidan foş etilmoqda. Agar kimdir, yoki qaysidir jinoyatçi özining jinoiy rejalarini tuzayotgan bölsa, bizni eşitib qöysin, bu şunçaki balandparvoz gaplar emas.
Bugungi kunda şahar içki işlar idoralari yangiça tizimda iş olib bormoqda. Prezident va hukumatning doimiy e'tiborida bölgani sababli yangi zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Men hatto alohida qayd eta olaman, maxsus texnikalar ham joriy qilinmoqda. Şunday ekan, işonçingiz komil bölsin, şahar hududida oğir va öta oğir jinoyatlar bundan keyin ham foş etiladi”, - dedi Doniyor Toşxöjayev.

















