Foto: Prezident matbuot markaziFoto: Prezident matbuot markazi
Özbekistonda hokimiyat özgarganidan söng ötgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin özgarişi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro şakllarda istalgan şeriklar bilan hamkorlikka oçiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Şavkat Mirziyoyevning Aşxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli taşriflari, Toşkentning taşqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qiliş böyiça siyosatini tasdiqladi. Özbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily naşri An'anaviy madaniyatlar markazi Örta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti böyiça direktori örinbosari Baxtiyor Ergaşev (Özbekiston) bilan suhbatlaşdi.
Toşkent tomonidan bugungi kunda amalga oşirilayotgan islohotlar, bu mamlakatni rivojlantirişdagi inqilobiy bosqiçmi yoki rivojlanişning bir modelidan boşqasiga ötişmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta özgarişlarga yuz tutdi. Özbekiston bir yil içida qanday özgardi?
Valyuta bozorini erkinlaştirişni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda köriş töğri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini import örnini bosiş modelidan eksportga yönaltirilgan rivojlaniş yangi modeliga ötiş böyiça tizimli iş ketmoqda. Aynan şu bilan qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlaştirilişi boğliq. Bu eksportga yönaltirilgan rivojlaniş siyosatining iqtisodiy ösişi yangi modelini yölga qöyişning muhim bosqiçi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bölmaydi. Albatta, bundan söng milliy valyuta - sömning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq sömning kuçsizlanişi eksport va eksportçilarni qöllab-quvvatlaşda iş berdi. Şu bilan birga, yuridik şaxslar erkin konvertatsiyani qölga kiritişdi, jismoniy şaxslar esa qisman konvertatsiyadan foydalanişi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqiçma-bosqiç evolyutsiyasi böyiça bu variant – bu töğri evolyutsion yöl.
Uşbu islohotlarning kamçiliklari qanday?
Kursni bir xil qiliş sömning qadrsizlanişiga olib kelişi kutilgandi. Va aholining daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib ketdi. Albatta, bunday kursni joriy etiş importçilarga zarba bölib tuşdi. Import kutilganidek qimmatlaşdi.
Mavzuga oid
Biroq falokatli ssenariydan qoçişning uddasidan çiqildi.
Valyutadan taşqari, boşqa qanday muhim islohotlar amalga oşirildi?
Bu haqda kam gapirişmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy özgarişlar yuz berdi. Mening fikrimça, prezidentning davlatning yanada oçiqligi siyosatini amalga oşiriş böyiça taklifi davlat boşqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boşqaruvda katta özgariş böldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham köpaydi. Aholi bilan töğridan-töğri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan töğridan-töğri aloqasi mexanizmining joriy etilişi şunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berişning yangi şakllarini özlaştiriş, muloqot olib boriş va noqulay savollarga javob qaytarişga majbur böldi.
Qarorlarni qabul qiliş tizimini takomillaştiriş, davlat siyosatini amalga oşiriş doirasida elektron hukumatning yangi şakllarini tatbiq etiş böyiça jiddiy iş ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uçun ma'lumot oçiqroq böldi. Hattoki xorijda ham şuni tan olişdiki, Özbekiston elektron hukumat va boşqaruv sohasida loyihalarni amalga oşiriş sur'ati böyiça yetakçilardan biriga aylanmoqda. Barça deyarli har hafta elektron hukumatning yangi şakllari va körinişlari tatbiq etilayotganini körmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda bu juda muhim – davlat, jamiyat va biznesning özaro aloqasi jarayonlarini optimallaştiriş böyiça haqiqiy mexanizmlar paydo bölmoqda. Fuqaro uçun ma'lumot oliş huquqi texnologik yeçimni olayapti.
Ba'zi kuzatuvçilarga köra, islohot loyihalari uçun mablağ yetmayapti...
Juda keng kölamli vazifalar qöyilgan, köplab yönalişlar böyiça jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oşirilmoqda. Masalan, hududlarda muhandislik-kommunal infratuzilmani takomillaştiriş böyiça loyiha va dasturlarning özi juda katta mablağlar hamda yangi şakllarni talab qiladi (xususiy-davlat şerikçiligi mexanizmlarini tatbiq etiş böyiça loyihalar). Men şunga qöşilamanki, bu barça loyiha va dasturlarni bir vaqtning özida bajariş byudjyet uçun juda kuçli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oşirişda ustuvor yönalişlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qiliş imkonsiz.
Özbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qöşnilar bilan munosabatlarni yölga qöymoqda. Qozoğiston, Turkmaniston bilan hammasi tuşunarli. Tojikiston? Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega taşrifi tayyorlanmoqda, hamda şu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli» Roğun GESni qurişda davom etmoqda. Özbekiston rahbariyatining bu masala böyiça pozitsiyasi özgardimi?
Turkmaniston, Qozoğiston bilan avvalgi bosqiçda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlaşdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljiş röy berdi. Mintaqada öziga xos özak taşkil topdi: Turkmaniston-Özbekiston-Qozoğiston. Sönggi bahli masala hal etildi – çegaraning Ustyurt qismi böyiça nuqta qöyildi. Noyabrda davlat çegaralarining tutaşiş nuqtasi tumani böyiça muddatsiz uç tomonlama kelişuv imzolandi.
Qirğiziston bilan ba'zi kelişuvlarga kelindi, biroq hali öz yeçimini kutayotgan masalalar talaygina. Qirğiziston Özbekiston uçun muhim – «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» transport yölagi böyiça kelişuvni amalga oşiriş lozim, buni avtomobil qismini qurişdan boşlab, temir yöl magistralini qurişga ötiş orqali qiliş kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Şarq va Janubiy Yevropa portlariga katta transport yölagining asosiy qismi böladi. Ya'ni, XQO‘ loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga qadar transport-kommunikatsiya magistrali yaratiladi.
Kelajakda bu yöl Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi mojaroga olib kelmaydimi?
Qozoğistondan ekspertlar darajasidagi ilk xavotirlar 2000-yillar örtalarida bildirilgandi. Öşanda Qirğiziston temir yöli yönalişini şunday qurişni taklif qilganki, özida Şimolni Janub bilan birlaştirmoqçi bölgan. «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» transport yölagi loyihasiga qarşi RF avvaliga jiddiy qarşi çiqqan. Qozoğiston transport loyihalarini öz hududi orqali amalga oşirişdan manfaatdor bölgan («Ğarbiy Xitoy-Ğarbiy Yevropa» loyihasi) va XQO‘ loyihasiga qiziqiş bildirmagan. Faqatgina sönggi yillarda, Qozoğiston mintaqaviy ahamiyatdagi transport-logistik xab roliga da'vogarlik qilişni boşlaganidan söng, qozoq ekspertlari orasida «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» transport loyihasi yuk taşuvlarining bir qismini XQO‘ yölagiga ketib qolişiga olib kelişi mumkinligi haqida fikr bildirila boşlandi.
Albatta, yuklarning ma'lum qismi uçun bu janubiy yönaliş muddatlar va masofa böyiça optimaldir. Yuklar Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Yevropa, Örta Yer dengizi va Yaqin Şarq portlariga yuboriladi. U yuklarni Xitoydan Özbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali Örta Yer dengizidagi Mersin portiga yetkaziş imkonini beradi, Mersin esa Örta va Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalarini ta'minlaydi. Biroq agarda yuklarni Xitoydan, aytaylik, Bremenga yetkaziş bölsa, ularni Özbekiston orqali olib ötişmaydi, sababi Qozoğiston orqali tranzitdan foydalaniş qulayroq. Hammasi işlab çiqaruvçilar, eksportçilar va importçilarning logistik manfaatlari bilan aniqlanadi. Hamda asosiy oqimlar esa baribir Qozoğistonda qoladi. XQÖga tranzitning 10-15 foizidan ortiği töğri kelmaydi. Şuning uçun men yangi yönalişning qurilişi Qozoğiston bilan ziddiyatga olib keladi, deb öylamayman.
Prezident Mirziyoyev nima uçun Tojikistonga borişga şoşilmayapti? Taşrif haqida ançadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Roğun GESdami?
Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan Samarqand konferensiyasida prezident Şavkat Mirziyoyev mintaqada suvdan foydalaniş muammosi hamon hal etilmaganini aytdi. BMTning Markaziy Osiyoda suv masalalari böyiça Konventsiya loyihasi bor va Özbekiston uni qöllab-quvvatlaydi hamda Özbekiston aynan şu konvensiya asosida bundan keyin ham işlaşga rozi.
Tojikiston rahbariyati uçun vaziyat şundayki, Özbekiston bilan samarali hamkorlikdan qanday foydalar kelişiga qaramay, ular bu ğoyadan (Roğun GES qurilişi) voz keça olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Roğun qurilişda davom etadi, hamda bu, albatta, Özbekiston bilan munosabatlarni yaxşilaşga turtki bermaydi, har holda bu Duşanbe özida Amudaryoning quyi oqimida joylaşgan barça mamlakatlar salbiy munosabatda bölayotgan bu loyihadan voz keçişga kuç topa olganida bölişi mumkin bölgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi.
Özbekiston prezidentining Duşanbega taşrifi davomida bu masala muhokama etiladimi? Kun tartibida yana qanday masalalar bölişi mumkin?
Ikki davlat rahbarining Duşanbedagi uçraşuvida Roğun GES qurilişi masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu muzokaralardan effekt savollarni keltirib çiqaradi. Aftidan, çegara masalalari tilga olinadi. Hozir davlatlararo çegaraning 70-80 foizini delimitatsiya qiliş böyiça hujjatlar imzolanişi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirğiziston bilan bölgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi ziç joylaşgan tumanlarda bölib, ular böyiça oson yeçim yöq. Gap gaz yetkazib berişni tiklaş haqidagi ham borişi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boşqa real loyihalar yöq.
Özbekistonning bugungi kunda asosiy taşqi savdo şerigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni özgartirişning hamda yetakçilikka çiqişning uddasidan çiqdimi?
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga köra Özbekiston taşqi savdo şeriklari röyxatida Rossiya birinçi öringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda yöqotgandi. Toşkentning jahon kuç markazlaridan bir xil masofani saqlaş siyosati işlamoqda. Ba'zilar bu tösiqlarga çap beriş siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat – tösiqlardan qoçiş san'atidir. Hamma gap bu senda qanday yuz berişi va nimalarni berişida. U esa köp narsa beradi: Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelişuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelişuvlari bilan töldirildi. Bu Özbekiston YaIM yarmidan köp. Şu bilan birga, kimdir oldinga ötib ketgani, kimdadir köproq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bölardim. Toşkentning strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va Ğarb örtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni saqlaş. Toşkentning istalgan turdagi va mintaqadan taşqaridan bölgan xohlagan davlat tomonidan taklif etiluvçi integratsion birlaşmaga kirmaslik böyiça qat'iy pozitsiyasini ham Pekin, ham Moskvada tuşunişmoqda. Rossiyada şuni tuşunişmoqdaki, biz – Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan ŞHT doirasida Erkin savdo zonasiga qarşimiz. Boşqa tomondan, ham Ğarbda, ham Pekinda Özbekiston Rossiya tomonidan ilgari suriluvçi intergatsiya loyihalari böyiça aniq pozitsiyaga ega, - Özbekiston na KXŞT, na YeOIIga kirişni möljallamayapti. Rahbariyatning bunday pozitsiyasi töğri tuşunilmoqda. Özbekiston töğridan-töğri, qandaydir ittifoqlar, alyanslar şakllari bilan çeklanmagan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş tarafdori.
Iqtisodiyotning qanday yönalişlari Rossiya-Özbekiston hamkorligida eng istiqbolli?
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişning ijobiy, işonçli dinamikasi bor. Özbekiston RFdan noenergetik eksport (maşinasozlik, stanoksozlik) böyiça yetakçiga aylandi. Bu katta özgarişlar, rossiyalik işlab çiqaruvçilar 2030 yilgaça modernizatsiya va texnik qayta jihozlaniş jiddiy dasturini amalga oşirayotgan va Rossiya texnologiya uskunalarini jiddiy xaridoriga aylanayotgan Özbekiston bilan işlaşidan darak beradi. Şuningdek, Rossiyaga özbek meva-sabzavot mahsuloti eksporti ança ösganini ta'kidlab ötmoqçiman. Joriy yilda u minimum 2 barobarga oşadi. Hamda bu çegara emas – ijobiy kayfiyat Rossiya bundan manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan. Siz RJD qandaydir davlat uçun tariflarni 50 foizga kamaytirganini eşitganmisiz? Özbekiston uçun bu qilindi. Bizda Rossiya bilan taşqi savdoda jiddiy disbalans hamda biz uni hozir özgartirişimiz kerak: hozir Rossiyadan Özbekistonga, Özbekistondan Rossiyaga qaraganda qariyb bir milliard dollarga köproq tovarlar olib kiriladi. Xitoy bilan ham şunday vaziyat. Biz eksport-import körsatkiçlarini tenglaştirişimiz, xomaşyo hajmini emas, balki boşqa mahsulot eksportini oşirişimiz kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi