Rossiyada ötadigan 2018 yilgi jahon çempionati vaqtida hakam tarixda birinçi bor agar tahqirlaş alomatlarini sezsa, öyinni töxtatiş huquqini oladi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi. 

“Albatta, biz FIFAning 2018 yilgi jahon çempionati Fair Play ruhida, halol öyinning barça tamoyillariga rioya qilingan holda ötişini istaymiz. Bu futbol maydonidagi harakatlarga taaluqlidir, biroq biz halol öyin deganimizda, tahqirlaş va dopingga qarşi tadbirlarni ham eslatib ötişimiz kerak”, deb aytgan Infantino.

“Dopingga kelsak, barça jamoalarning hamma öyinçilari musobaqa vaqtida ham, musobaqadan taşqari vaqtda ham VADA tomondan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar iştirokida tegişli namunalarni topşirişadi. Biz buni hamma biladi, deb işonamiz va bu borada halol öyin tamoyillariga, şubhasiz, rioya qilinadi”, deb ta'kidlab ötdi FIFA rahbari. 

“Tahqirlaş holatlari borasida ham gap şu, çunki unga qarşi kuraş bizning ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Işonamizki, bunday holatlar qayd etilmaydi. Agar bölsa ham, unda FIFA jahon çempionatlari tarixida birinçi bor tahqirlaş alomatlariga qarşi kuraşning uç poğonali jarayoni amal qiladi va uçraşuv hakami agar qandaydir irqçilik yoki toqatsizlik holatlari aniqlansa, öyinni töxtatişi yoki umuman bekor qilişi mumkin böladi. Bunday illatlarga yöl qöyib bölmaydi va bu borada juda ehtiyotkor bölamiz”, deb ta'kidlagan Infantino.

Infantino hakamlarga videoyordam tizimi özini yaxşi namoyon qilgani va jahon çempionati vaqtida hakamlarga salmoqli yordam körsatişini aytdi.

“Biz yangi texnologiyalar ham jamolarga, ham hakamlarga foyda keltira oladi, deb umid qilmoqdamiz. 2018 yilga juda oz qoldi va biz bugungi kunda hakamlarga töğri, asoslangan qarorlar qabul qilişda yordam beriş uçun yangi imkoniyatlarni izlayotganimiz mutlaq tabiiy holdir. Hakamlarga videoyordam tizimi şu imkoniyatlardan biridir”, deb aytdi FIFA prezidenti.

“Rossiyadagi jahon çempionatida videotakrorlarni qöllaş masalasi 2018 yil martda körib çiqiladi, biroq ayni vaqtda biz bu tizimni qöllaş juda muvaffaqiyatli bölganini ayta olamiz. Bu tizim hakamlarga birorta odam ham kafolatlanmagan jiddiy xatolarga yöl qöymaslikda yordam bermoqda. Pirovard natijada barçasi hakamlar va jamoalarga naf keltiradi. Bu bilan bir qatorda biz darvozalar işğol qilinganini avtomatik aniqlaş tizimini ham qöllaymiz”, deb qöşimça qildi Infantino.  

Jahon çempionati 2018 yil 14 iyundan 15 iyulgaça Rossiyaning 11 ta şahridagi 12 stadionda bölib ötadi. 1 dekabrda Moskvadagi Kreml saroyida jahon çempionatiga qur'a taşlaş marosimi böladi.