«Andijonneft» mutaxassislari tomonidan Buloqboşi tumanidagi Uçtepa qişloğida olib borilayotgan neft izlaş işlari davomida tabiiy gaz koni borligi ma'lum bölgan. Zaxiralar 1080 metr çuqurlikda aniqlangan. Bu haqda «Kun.uz»ga «Öztransgaz» AK yetakçi mutaxassislari ma'lum qildi.

Ayni paytda «zangori olov» ne'matini jilovlaş işlari boşlanib, kon oçilgan hududga barça kerakli qurilmalar örnatildi va turli jarayonlardagi sinov işlari olib borilmoqda. Kondan 100 atmosfera bosimida soatiga 2300-2400 kubometr gaz oqimi çiqmoqda. Yer qa'ridan çiqayotgan tabiiy gaz ma'lum texnik jarayonlardan ötganidan söng iste'molga yaroqli böladi. Konda gazni filtrlab tozalovçi uskunalar örnatilgan.

Ma'lum qilinişiça, atrofdagi mahallalarga yangi manbadan çiqayotgan tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

«Öztransgaz» AK Andijon hududiy bölimi tomonidan tez fursatlarda 1,5 kilometr masofaga gaz quvurlari örnatilib, Buloqboşi tumanining - Buyuk Turon, Yuksaliş, Dölana, Mirzakalon Ismoiliy, Toşeçik mahallalariga gaz yetkazib berilmoqda», degan viloyat gaz ta'minoti hududiy filiali boşliği Şavkatbek Qodirov.

Gaz konining yer ostida qança zaxiraga ega ekani hududda qazilayotgan yana ikkita quduq işlari yakuniga yetgaç ma'lum böladi. Hozirda çiqayotgan tabiiy gaz bosimi esa konning katta miqdordagi zaxiraga ekanligidan darak berib turibdi. Mutaxassislarning bildirişiça, «zangori olov» boşqa hududlarga barça tizimlar ma'lum texnik sinovlardan ötkazilganidan söng berila boşlaydi.

Ma'lumotlarga köra, vodiy viloyatlarida şu paytgaça gaz koni topilmagandi. Andijon, Namangan va Farğona viloyatlariga tabiiy gaz Qamçiq dovonidan quvur orqali yetkaziladi. Buloqboşi tumanida topilgan kon birinçisi böldi.