Nyu-Yorkda terakt amalga oşirişda ayblanayotgan Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi. Bu haqda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi vakili ma'lum qilgan.
28 noyabrda 29 yoşli Soipovga Nyu-York federal sudida ayblov rasman e'lon qilingan.
“U aybini tan olmadi”, deb aytgan sud vakili. Soipovni endi keyingi marta sudga 2018 yil 23 yanvarda olib keliş rejalaştirilgan.
Bir hafta oldin katta hay'at Soipovga 22 ta banddan iborat ayblov xulosasini çiqargan. Umumiy hisobda Soipov 8 ta qotillik, 12 ta qotillikni amalga oşirişga uriniş, IŞID terrorçilik guruhiga kömak beriş va bunga uriniş, zöravonlik va transport vositasini şikastlaş böyiça ayblanayapti.
Soipovga ikkita modda böyiça umrbod qamoq jazosi yoki ölim jazosi berilişi mumkin.

















