Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik shaxs politsiyachilarga qaychi bilan hujum qildi
Rossiyada o‘zbekistonlik migrant hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish bo‘yicha ish yuzasidan qo‘lga olindi. Tergovchilarning fikricha, erkak so‘roq paytida politsiyachilarga qaychining uchi bilan bir necha marta zarba bergan.
"Uralinformbyuro"ning Rossiya Tergov qo‘mitasi Kirov viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berishicha, hodisa 25 noyabr kuni yuz bergan. Erkak "Zuyevskiy" ichki ishlar vazirligi bo‘limida bo‘lgan: u bu yerga birga yashaydigan ayolning voyaga yetmagan qiziga tan jarohati yetkazish yuzasidan tushuntirish berishi maqsadida olib kelingan.
Gumonlanuvchi so‘roq chog‘ida stol ustida turgan qaychini tortib olgan va huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlaridan birining bo‘yniga zarba bergan. Uni to‘xtatishga uringan politsiyachining esa qo‘liga qaychini tiqib olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, barcha jarohatlar yengil bo‘lib, jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketilmagan.
Ayni damda o‘zbekistonlik migrantning qo‘lga olingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
23:15 / 11.08.2025