Ukrainaning «Ukroboronprom» davlat konserni 80K6T 3D-radarini sinovdan ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenko feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

«Ukroboronprom» davlat konserni 80K6T 3D-radarlarini sinovdan ötkazişga tayyorlanmoqda. Bu radar havoda 500 kilometrga qadar bölgan masofada obektlarni aniqlaşi, ma'lumotlarni har beş soniyada yangilab borişi, hamda nişonlarga öta yuqori aniqlik bilan hamrohlik qilişi mumkin», - deya yozgan u.

Poroşenkoning sözlariga köra, radarni Ukraina qurolli kuçlaridagi barça zenit-raketa majmualari bilan ham birga qöllaş mumkin. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat hukumati «maydan»ning eng muhim talablaridan birini bajarişning uddasidan çiqilganligi haqida ma'lum qilgandi.