Bosniya xorvatlari generali Slobodan Pralyak Haaga tribunalida Sobiq Yugoslaviya böyiça apellyatsiyasi körib çiqilişi vaqtida öziga öqilgan hukm özgarişsiz qolganini bilganidan söng zahar içdi. Associated Press agentligi uning ölimi haqida xabar tarqatdi.

Pralyak sud zalidan Haagadagi şifoxonalardan biriga olib borilgan, ammo uning jonini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

General 2013 yilda sobiq Yugoslaviyadagi fuqarolik uruşi vaqtidagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, 20 yil muddatga qamoqqa hukm qilingandi.

U sud hukmi öz kuçida qolganini bilganidan keyin örnidan turgan va degan: «Men harbiy jinoyatçi emasman. Endi zahar yutaman». Şu joyda sud majlisi töxtatilgan va voqea joyiga tibbiyot xodimlari çaqirilgan.

General sudga tortilgan 6 nafar sobiq xorvat siyosiy va harbiy arboblaridan biri sanalardi. Ularning barçasi insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etiş va uruş qonunlarini buzişda ayblangan.

Ayblovçi tomon 1991 yil noyabridan 1994 yil apreligaça bu şaxslar Xorvatiya hududidan xorvat bölmaganlarni yöq qilişga qaratilgan harakatlarni sodir etganini iddao qiladi. Ular şuningdek, boşqa millatlar vakillarini deportatsiya qilgan, noqonuniy ravişda hibsga olgan, mulklarini musodara qilgan, uylarni buzib, qotilliklar sodir etgan.