Bir neça kun oldin 1995-yil Bosniyaning Srebrenitsa şahrida asosan musulmonlardan iborat 8 minga yaqin tinç aholini qatliom qilişga buyruq bergan Ratko Mladiç Haagada vafot etdi. Ikkinçi jahon uruşidan söng Yevropada sodir etilgan eng ommaviy qirğindan söng Ratko Mladiç «bosniyalik qassob» laqabini olgandi. Keyinçalik qölga olinib, Haagada adolat hukmiga topşirilgan jinoyatçi umrbod qamoq jazosi olgandi.

XX asrning söngi 10 yili turli voqealarga boy böldi. Tarix sahnida 68 yil yaşagan va Ikkinçi jahon uruşidan söng «dunyoning ikkinçi qutbi» sifatida maydonga çiqqan SSSR parçalanib ketadi. Şuningdek, çexlar va slovaklardan iborat Çexoslovakiya tinç yöl bilan parçalandi. Oltita ittifoqdoş respublikadan iborat Yugoslaviyaning taqdiri esa biroz murakkab keçadi. Ittifoqdoş respublikalarning mustaqillik eʼlon qilişi hukmron serblarga yoqmay, uruş boşlanadi.

Ana şu uruş davomida serblar bosniyalik hamda kosovalik musulmonlarga, şuningdek xorvatlarga nisbatan ayovsiz munosabatda bölib, ularni qirğin qiladi. Bu qirğinlar tepasida bir qator harbiylar, xususan Bosniya serblari armiyasi qömondoni general Ratko Mladiç ham bor edi.

«Bosniyalik qassob»

1943-yil Bosniyada tuğilgan Mladiç yoşligidan harbiy yönalişda öqib, şu yöldan ketadi. SSSR parçalangaç, Yugoslaviyadagi ittifoqdoş respublikalar ham birin-ketin öz mustaqilligini eʼlon qila boşlaydi. Bu iş Yugoslaviyada asosiy hukmdor bölgan Serbiya respublikasi va mamlakatni boşqarayotgan serb rahbarlarga yoqmaydi. Belgrad qöl ostidagi hududlarni yöqotişni istamay, mustaqillik eʼlon qilgan respublikalarning tanobini tortib qöyiş uçun harbiy harakatlar boşlaydi. Şu tariqa keng miqyosda qurolli mojarolar boşlanadi.

Garçi davlat parçalanib ketgan bölsa-da, özini hanuz Yugoslaviya deb ataşda davom etayotgan Serbiya harbiylari bir vaqtning özida Bosniya, Xorvatiya va Sloveniyaga bostirib kiradi. Ular safiga mahalliy serblar ham qöşiladi. Bosniyada vaziyat ayniqsa oğir, mahalliy serblar Yugoslaviya tarkibida qolişni istar, Bosniya aholisining katta qismini taşkil etuvçi musulmon serblar (boşnoqlar) esa mustaqillik tarafdori edi. Oqibatda mustaqillikni yoqlayotgan musulmonlarga qarşi xunrezliklar boşlanadi.

Bosniya serblari armiyasiga general Ratko Mladiç qömondonlik qiladi, bir qança qirğinlar aynan uning buyruği bilan amalga oşiriladi, Srebrenitsadagi dahşatli qatliom ham...

Srebrenitsa qirğini