Dunyodagi eng ommabop kriptovalyuta bitkoin (bitcoin) kursi çorşanba kuni keçqurun 11 ming dollarlik yangi tarixiy maksimumga yetganidan söng ikki ming dollarga tuşib ketdi. Bundan savdolar haqidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Toşkent vaqti bilan soat 11.26 holatiga köra bitkoin yana ösa boşlagan. Bitfinex birjasida u 2,32 foizga ösdi hamda 10 ming dollar atrofida sotilgan. OKCoin birjasida bitkoin kursi 3,48 foizga kötarildi – 10,4 ming dollargaça, Poloniex’da – 2,15 foizga, 9,9 ming dollar.

Bitkoin kursi 29 noyabr kuni 11 441 dollarlik rekord darajaga yetganidan söng Bitfinex birjasida keskin pastga tuşa boşladi hamda yopiliş arafasida 1,7 mingga tuşib ketib, 9 749 dollargaça pasaydi. Coindesk birjasida u 11 377 dollardan 9,29 ming dollarga qadar quladi hamda qiymati ikki ming dollardan ortiqqa yöqoldi.

Coindesk birjasining har kunlik yangiliklar portali eksperti Pit Rizzo (Pete Rizzo)ning sözlariga köra, kotirovkalarning pastga şönğişi Amerikaning kriptovalyutalar savdosi böyiça qator maydonçalarining texnik muammolar tufayli işdan çiqişi bilan ham boğliq bölgan.

Iş jarayonidagi buziliş AQŞdagi eng yirik kriptobirja Coinbase’ga ham ta'sir körsatdi, uning röyxatdan ötgan foydalanuvçilari soni 12 milliondan köproq kişini taşkil etadi. Şuningdek, uning professional treyding platformasi GDAX’ga ham bu ta'sir qildi. Gemini va Bitstamp maydonçalari işlaşdan töxtadi.
 
Coinmarketcap.com savdo maydonçasi ma'lumotiga köra, payşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 11.26da kriptovalyutalar bozorining qiymati 317,65 milliard dollarni taşkil qilgan.

Bozordagi qiymat böyiça birinçi örinni an'anaviy ravişda bitkoin (BTC) egallaydi: u 171,8 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinçi örinda Ethereum – 42,3 milliard dollar. Uçinçi poğonada - Bitcoin Cash (23,1 milliard dollar). Törtinçi esa Ripple kriptovalyutasi – uning bozordagi qiymati 9,5 milliard dollarni taşkil etadi.