Duşanbe şahrida «Öztreyd» Savdo uyining tantanali oçilişi bölib ötdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvçi «Metall Invest» MÇJ «Öztreyd» savdo uyining hamkori sanaladi.

Bu Tojikistonda joriy yilda oçilgan Özbekistonning oltinçi savdo uyidir, bundan taşqari, yana ikkita savdo uyini oçiş masalalari körib çiqiliş jarayonida – Tojikistonning «AVVAT» transport-logistika kompaniyasi va Toşkentning «Huvaydo-mebel» firmasi, uning ta'sisçisi Mahmudjon Boltaboyev öz jamoasi bilan Duşanbeda bölib turibdi, deya ta'kidlagan elçixona.

Yangi savdo uyining taqdimoti özbekistonlik işlab çiqaruvçilar tovarlarining keng assortimenti bilan taniştirdi – elektrotexnika va kiyim-keçakdan tortib quriliş materiallari hamda oziq-ovqat mahsulotlarigaça, bunda yuqori sifat va arzon narxlarga asosiy e'tibor berildi.

Tadbirda Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi rahbarlari, Qozoğiston, Qirğiziston elçilari, Rossiya Savdo vakolatxonasi, Savdo-sanoat palatasi, diplomatik korpus hamda xalqaro taşkilotlar, OAV va Duşanbe jamoatçiligi – hammasi bölib taxminan 120 kişi iştirok etdi.