AQŞ prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyga öz murojaatida kerakli Twitter-sahifani boşqasi bilan adaştirib yubordi. U avvaliga britaniyalik boşqa bir fuqaroga xabar yozgan.
Dastlabki xabarda Tereza Mey Skrayvner ismli foydalanuvçiga tegişli bölgan @theresamay niki körsatilgan bölgan.
Oradan biroz vaqt ötib yozuv öçirib taşlandi, Qöşma Ştatlar yetakçisi esa yangi xabarni yozib, unda Britaniya boş vaziriga tegişli bölgan haqiqiy sahifani körsatdi.

Eslatib ötamiz, Tramp oktabr oyi oxirida taniqli kantri-qöşiqçi Li Grinvudni 75 yoşga tölgani bilan tabriklamoqçi böldi, biroq xatoga yöl qöydi hamda uning adaşiga tabrik yölladi.












