Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 3 fevralda qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga muvofiq, joriy yilda Urgut tumanida ham bir qator fuqarolar yiğinlari öz yangi binolariga ega böldi.

Jumladan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yillik bayrami arafasida tumandagi 4ta mahalla «Jarqişloq», «Çumçuqli», «Satang» va «Yetti uylik» mahalla fuqarolar yiğini yangi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Binolar zamonaviy körinişda bölib, mahalla raisi, mas'ul kotib, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi, mahalla posboni, profilaktika inspektori, nuroniylar va yoşlar masalalari böyiça örinbosarlar uçun alohida xonalar, majlislar zali — jami 12 ta xona mavjud bölib, quriliş işlari homiylar kömagida haşar yöli bilan amalga oşirildi.

Yil yakuniga qadar tumandagi yana 6ta — «Mirzaqişloq»,  «Rahmatobod», «Tinçlik», «Nisbot», «Sariqtepa» hamda «Möğol» mahalla fuqarolar yiğinining yangi binolari foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.