AQŞ yaqin orada Suriyada 2,5 oy xizmat ötagan 400 dan köproq dengiz piyoda askarini bu mamlakatdan olib çiqib ketadi. Bu haqda AQŞ va ittifoqdoş kuçlar operatsiyasi vakili Rayan Dillon ma'lum qildi.    

“Birinçi batalon, 10-dengiz polki avvalgi bölinmaning örniga bu yerga 15 sentabrda kelgandi. Dengiz piyoda askarlari Raqqada IŞID jangarilariga qarşi janglarda koalitsiya böyiça şeriklarini artilleriya öti bilan qöllab-quvvatlaşgan. Şahar ozod etilib, terrorçilar çekinganda bölinmani uyga qaytariş buyruği olingan”, deb ma'lum qildi qömondonlik vakili.    

“Bu bölinmaning ortga qaytarilişi mintaqadagi haqiqiy taraqqiyot işorasidir”, deb qöşimça qilgan Dillon va AQŞning qolgan kuçlari IŞID terrorçilik harakatining yana vujudga kelişi oldini oliş uçun jangarilar bilan kuraşni davom ettirişlarini ta'kidlab ötdi. 

2013 yildan boşlab Raqqa IŞIDning Suriyadagi “poytaxti” bölgan. Iyunda kurd va arab harbiy tuzilmalari koalitsiyasi – Suriya demokratik kuçlari AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kömagida Raqqani ozod qiliş böyiça operatsiyani boşlagandi.