Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 942-son Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlaridagi harbiy xizmatçilarni ovqatlantiriş sifatini tubdan yaxşilaşga doir çora-tadbirlar töğrisidagi qarori e'lon qilindi.
Norma.uz’ning xabar berişiça, hujjat bilan autsorsing şaroitida Mudofaa vazirligi bölinmalari şaxsiy tarkibini ovqatlantirişni taşkillaştiriş közda tutiladi. Ya'ni uşbu maqsadlarda umumiy ovqatlaniş korxonalari (autsorserlar) şartnoma asosida jalb etiladi. Autsorsing - şartnoma asosida taşqi manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini körsatuvçi korxonalar xizmatidan foydalanişdir.
Öz navbatida, mazkur tizim safarbarlik çaqiruvi rezervi batalonlarida, harbiy ta'lim va davolaş muassasalarida joriy etiladi.
Autsorserlarni saralaş
Autsorsing böyiça şartnomalarni tuziş uçun talabgorlarni aniqlaş jarayonida umumiy ovqatlaniş sohasida katta tajribaga ega bölgan va öz taşabbusi bilan oşxonalar holatini yaxşilaşga tayyor bölgan korxonalar afzal köriladi. Şuningdek, tegişli moliyaviy, moddiy-texnik hamda logistik bazaning mavjudligi inobatga olinadi.
Autsorserlar xizmatiga haq tölaş
Autsorserlar xizmati uçun tölovni Mudofaa vazirligi bir nafar harbiy xizmatçi uçun oziq-ovqat mahsulotlariga amaldagi örtaça bozor narxlari böyiça ovqatlaniş normasidan kelib çiqqan holda belgilaydi. Uşbu narxlarning çeklangan darajasini Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari taqdim etadi.
Autsorserlar xizmati uçun ustama 20%dan oşmasligi va ularning barça xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning iş haqi, transport xizmatlari va boşqalar) öz içiga olişi kerak. Ijara şartnomasi asosida beriladigan işlab çiqariş binolari, asbob-uskunalar va oşxona mebellaridan foydalanganlik uçun tölovlar “nul” stavka böyiça belgilanadi. Ovqat tayyorlaş jarayonida foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati Mudofaa vazirligining byudjyetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanadi.
Harbiy xizmatçilarni ovqatlantirişni taşkil etiş va nazorat qiliş
Harbiy qismlar joylaşgan joylarga çiqib, ovqatlantirişning sifati, narx belgilanişi böyiça talablarga rioya qilinişi ustidan nazorat qiliş viloyatlar va poytaxt hokimlari zimmasiga yuklatildi. Şuningdek, hokimlar autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita fermer xöjaliklaridan töğridan-töğri şartnomalar asosida xarid qilişlarida kömak beradi.












