Avstraliya televideniyesining 10-kanali jonli efirida ayol boşlovçilardan biri suyuq azot bilan tajriba vaqtida halok bölişiga bir baxya qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Studio 10 ertalabki şousi vaqtida fizika öqituvçisi va bloger Jyeykob Strikling koka-kola içimligi bölgan idişga suyuq azot quyib, idişni raketaga öxşab uçiriş mumkinligini namoyiş qilgan.
U buni muvaffaqiyatli namoyiş qilgandan keyin, boşlovçilardan biri Natarşa Bellingga uşbu tajribani u bilan birga takrorlaşni taklif qilgan: bloger idişga suyuq azot quyişi, boşlovçi esa uning buyruğiga köra idişni ögirişi kerak bölgan.
Biroq tajriba vaqtida nimadir notöğri ketib, koka-kola va suyuq azotli idiş boşlovçi uni ögirişi bilanoq uçib ketgan va uning boşini şikastlaşiga bir baxya qolgan.
Videoga qoldirilgan izohlarda foydalanuvçilar boşlovçini ham, bunday tajribalar ötkazib, atrofdagilarni xavfga qöyayotgan blogerni ham tanqid qilişgan. Ularning deyarli barçasi idişning bunday şiddat bilan uçişi boşlovçining ölimiga olib kelişi mumkinligi haqidagi fikrga kelişgan.












