“Oskar” kinomukofoti topşirilişi marosimi 2020 yilda ham 2019 yildagi kabi boşlovçisiz ötadi. Bu haqda mukofotni topşiruvçi AQŞ kinosan'atlari akademiyasining tvitterdagi xabarida ma'lum qilingan.   

Akademiya xabarida kinotaqdimot dasturiga “yulduzlar çiqişi va syurprizlar” qöşilişiga va'da berilgan. Ammo boşlovçini bildiruvçi belgi qizil rangli aylanaga olinib, ustidan çiziq tortib qöyilgan.   

“Joriy yilda ham boşlovçi bölmasligini akademiya bilan birga tasdiqlaşga ijozat bergaysiz”, deb keltirgan The Hollywood Reporter naşri ABC telekompaniyasi rahbariyati a'zosi Keri Berkning sözlarini. 

Akademiya saytida hozirça bu borada rasmiy bayonot berilmagan. 

2019 yilda “Oskar” topşirilişi marosimi 30 yil içida birinçi marta boşlovçisiz ötgandi. Marosimga boşlovçilik qilişi kerak bölgan aktyor Kevin Xart uning nomiga gomofobiyada ayblovlar bildirilgandan keyin boşlovçilikdan voz keçgan.

Bungaça “Oskar” 1989 yildagina boşlovçisiz ötgan. Öşanda boşlovçining kiriş nutqi örniga 11 daqiqalik musiqiy kinolavha taqdim etilgan. 1958 yilda esa marosimni birvarakayiga 4 boşlovçi, 1987 yilda esa 3 boşlovçi olib borgan.

“Oskar” mukofotlarini topşiriş 92-marosimi 9 fevralda Los-Anjyelesda bölib ötadi, uni olişga nomzodlar esa 13 yanvarda e'lon qilinadi.