Qozoğistonning Atameken Business telekanalida yangiliklar dasturidan birini virtual boşlovçi olib borişni boşladi. U Markaziy Osiyodagi birinçi virtual boşlovçi böldi. Bu haqda Atameken Business mediaxoldingida ma'lum qilingan.
i-Sanj deb nomlangan gologramma qozoğistonlik aktyor Sanjar Madi qiyofasida işlanib, kundalik iqtisodiy yangiliklar blokini olib boradi.
Virtual boşlovçi loyihasi ustida işlagan jamoaning ta'kidlaşiça, öziga xos mazmundagi yangiliklarni texnologik personajlar taqdim qilişi kerak. Loyihaning “antiqaligi” ham aynan şundan - intellektual kontent va yangi texnologiyalarni birlaştirişdan iborat.
Ta'kidlanişiça, kiber-boşlovçi i-Sanj yangiliklarni tezkor va bexato yoritişda yangi imkoniyatlarni oçadi. U ta'til, maoş, grimga ehtiyoj sezmaydi va uzzukun işlaşga tayyor.
Telekanal prodyuserining ta'kidlaşiça, televideniyeda dramaturgiya kinodagidan kam bölmagan darajada muhim va virtual boşlovçilar mualliflik dasturlarida insonlar örnini bosa olmaydi. Loyihani neyron tarmoq yordamida mahalliy dasturçilar kuçlari bilan amalga oşirişga muvaffaq bölingan.












