11 fevralda Braziliyaning San-Paulu şahrida mamlakatdagi taniqli jurnalist va boşlovçi Rikardo Boyexat aviahalokat oqibatida hayotdan köz yumdi.
Globo kanalining ma'lum qilişiça, 66 yoşli boşlovçi şahar çekkasidagi şossega qulagan kiçik vertolyot bortida bölgan. Vertolyot qulaşi vaqtida şosse böylab ketayotgan yuk maşinasiga tegib ketgan. Voqea joyida yonğin boşlangan. Boyexat bilan birga uçuvçi ham halok bölgan.
Boyexat Jornal da Band teledasturi va BandNews FM radiosida boşlovçi, IstoE jurnalida şarhlovçi bölgan. U şuningdek O Globo, O Dia, O Estado de Sao Paulo, Jornal de Brasil gazetalarida işlagan. 1990-yillarda Globo telekanalida körsatuv olib borgan.












