AQŞ va uning ittifoqdoşlarining sobiq ittifoq qöşinlarining Afğonistonga bostirib kirişidan keyingi xatti-harakatlari 2001 yil 11 sentabrdagi terakt bilan öz “yaratuvçisi”ni nişonga olgan “Al-Qoida”ning paydo bölişiga olib kelgan. Bunday fikrni Livan prezidenti Mişel Aun Rimda ötayotgan “Örta yer dengizi muloqotlari” forumida bildirib ötdi.  

“Sobiq ittifoq 1979 yilda Afğonistonga bostirib kirganda, AQŞ hamda bir qator arab va musulmon davlatlari kommunizm va ateizmga qarşi kuraşda yordam beradi degan fikrda islom negizida sovetlarga qarşi harakatni qöllab-quvvatlay boşlaşgan. Amerikaliklar esa islom kommunizmga qarşi çiqişiga qaramasdan, ğarbiy mafkura emasligi va öziga xoslikka egaligini tuşunmaganlar”, deb aytgan Livan prezidenti.      

“Vaqti kelib afğon jihodçilari jihod tuşunçasini buzib, butun dunyodan öz safiga yoş musulmonlarni jalb qilgan va şu tariqa “Al-Qoida”ni vujudga keltirgan. “Al-Qoida” esa 11 sentabrda hujum qildi, ya'ni terror maşinasi öz yaratuvçisiga qarşi bordi”, deb ta'kidlab ötgan Aun.   

Aunning aytişiça, AQŞ öz navbatida “Al-Qoida”ni yöq qilişni boşlagan, bu esa öziga xos silsilaga olib kelgan.

“Iroqdagi uruşga aylanib ketgan Afğonistondagi yangi uruş öz ortidan ölimlar, vayrongarçiliklar va nafrat qoldirgan. “Al-Qoida”ga doimiy bosim uning barbod bölişiga hamda yangi diniy oqimlar va yangi terrorçilik taşkilotlarining köpayişiga olib keldi”, deb aytgan Aun.

Livan prezidentining aytişiça, hozirda terrorçilik xavfi köproq “uyqudagi bölimlar” va yakka jangarilardan taralmoqda.

“Biz qat'iy va ta'sirçan yeçim topişimiz kerak. Agar vaziyat talab qilsa, hattoki harbiy yeçimga ham yöl qöyiladi”, deb öz sözlarini intiholagan Aun.