Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş qoidalarining 28-bandiga özgartiriş kiritildi. Hujjat Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 28 noyabrda röyxatdan ötkazildi, röyxat raqami 2584-1.

Özbekiston Respublikasining 2017 yil 6 sentabrdagi ÖRQ-442-son «Suriştiruv instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonuniga muvofiq:

Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining 2014 yil 15 apreldagi 5-son buyruği (röyxat raqami 2584, 2014 yil 15 may) (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2014 y., 20-son, 237-modda) bilan tasdiqlangan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş qoidalarining 28-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«28. Tekşiruvdan ötayotgan şaxsni ğayriixtiyoriy ravişda OIVga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organning mansabdor şaxsining, suriştiruvçining, tergovçining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga köra amalga oşiriladi.».

Mazkur buyruq Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelişilgan.

Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.