AQŞning tovar fyuçerslari bilan savdo böyiça komissiyasi bitkoinlar uçun fyuçerslar sotişga ruxsat berdi. Bu haqda 1 dekabrda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.  

Birinçi bölib ruxsatni Çikago tovar birjasi va Çikago opsionlar birjasini boşqaruvçi Global Markets Inc. olgan. Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, bitkoinlarda ilk savdolar 18 dekabrda bölib ötiş mumkin.  

Bundan taşqari, binar opsionlarni bitkoinga Cantor Exchange brokeri orqali xarid qiliş mumkin.

“Bitkoin – bu virtual valyuta, bu biz avval heç duç kelmagan tovar. Biz savdo maydonçalarida qat'iy monitoring olib borilişini kutmoqdamiz”, deb aytgan komissiya rahbari Kristofer Jankarlo.