«3 dekabr - Xalqaro nogironlarni huquqi va erkinliklarini himoya qiliş kuni» munosabati bilan Toşkent şahri Olmazor tumani 100 sonli miya falaji va tayanç harakati a'zolarida nuqsoni bölgan bolalar uçun möljallangan maktab-internati jamoasi va öquvçilari tomonidan madaniy-ma'rifiy tadbir uyuştirildi.

Ta'kidlaş lozimki, tadbir kötarinki va boşqaça ruhda ötkazildi. Uşbu maktabga ilk bor qadam qöyib kirar ekansiz, imkoniyati çeklangan bolalarning tamomila boşqa dunyosiga tuşib qolgandek bölasiz. Kişini hayratga soladigan jihati şundaki, ular raqsga tuşmoqda, şe'r öqib, qöşiq kuylamoqda. Qolaversa, paralimpiya muvaffaqiyatining sirini mana şu yoş bolalarning çaqnab turgan nigohidan anglaş mumkin.

Maktab direktori Ötkir Qurbonovning aytişiça, ayni paytda ta'lim muassasasida 362 nafar öquvçi tahsil olmoqda va ularning köpçiligi respublikaning turli manzillaridan kelgan.

Bolalarni şod etiş uçun xonanda Umar Şamsiyev maktab öquvçisi bilan tayyorlagan duet qöşiğini barçaga taqdim etdi. Ularning quvonçi va hayqiriği binoni tutib ketgandi.

Tadbirni 5 sinf öquvçi Oğabek Erkinov jonli ijroda kuylagan qöşiği bilan yakunlab berdi.