Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi oçiladi
|03:43 / 02.12.201710 4009 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Özbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 1 dekabr kuni "Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PF-5270-sonli farmonni imzoladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi.
Unda aholi bilan ötkazilgan oçiq va töğridan-töğri muloqot yakunlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning fikr-mulohazalarini inobatga olib, Özbekiston Respublikasining “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi Qonuni loyihasini işlab çiqiş va BMTning Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilişga tayyorgarlik böyiça amaliy çoralar köriş haqidagi takliflar qabul qilinişi közda tutilgan.
Farmonga muvofiq, quyidagilar nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib hisoblanadi:
nogironlik belgisi böyiça kamsitişga yöl qöymaslik, nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişda teng şaroitlarni va ularni buzganlik uçun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlaş;
tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilaşning şaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etiş, nogironligi bölgan şaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş darajasi va sifatini, şu jumladan diagnostika, davolaş va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qöllagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslaşgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş orqali oşiriş;
nogironligi bölgan şaxslarni öz vaqtida hisobga olişning samarali mexanizmlarini yaratiş, nogironlikning belgilari paydo bölgan vaqtdan boşlab ularni kuzatib boriş va qöllab-quvvatlaşning, şu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy ahvolini ta'sirçan monitoring qiliş, ularning turmuş şaroitlarini har tomonlama baholaş, individual rivojlaniş dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş, şuningdek, öz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş imkonini beruvçi yagona kompleks tizimini joriy etiş;
tibbiy yordam darajasi va sifatini oşiriş, kasalliklarni barvaqt aniqlaş hamda tuğma nuqsonlar va irsiy kasalliklar ösişining sabab va şart-şaroitlarini barvaqt aniqlaş va oldini olişni ham nazarda tutuvçi profilaktika tadbirlarini kengaytiriş böyiça skrining tekşiruvlarining samaradorligini kötariş;
nogironligi bölgan şaxslarning manzilli ijtimoiy muxofazasini kuçaytiriş, ularning uy-joy-maişiy va boşqa yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengaytiriş, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş, şu jumladan sifatli yordamçi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlaş böyiça çora-tadbirlarning samaradorligini oşiriş;
Mavzuga oid
nogironligi bölgan şaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan özaro aloqasini kuçaytiriş, ularning qulay muhitda bölişi, şahar yölovçi transporti, ijtimoiy va boşqa infratuzilma obektlaridan erkin foydalanişi uçun zarur şaroitlar yaratiş;
nogironligi bölgan şaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinişi va faol iştirokini ta'minlovçi inklyuziv ta'lim va işga joylaştiriş tizimini takomillaştiriş;
nogironlikni belgilaş va tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, tartib-taomillardan ötişni soddalaştiriş, nogironligi bölgan şaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş sohasida davlat-xususiy va ijtimoiy şeriklikni rivojlantiriş;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş tizimini rivojlantiriş, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylaşuvi samaradorligini oşiriş;
protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini işlab çiqaruvçi korxonalarni, şu jumladan çet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik yangilaş, ularni işlab çiqarişning zamonaviy standartlarini joriy qiliş;
zamonaviy tibbiyot va ilm-fanning ilğor yutuqlari, diagnostika, davolaş va reabilitatsiyaning sifat standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, soğlomlaştiriş xususiyatidagi çora-tadbirlarni yaxşilaş, soğlom va faol turmuş tarzini olib boriş madaniyatini tarğib qiliş;
nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş sohasidagi, şu jumladan nogironlikni belgilaşning samarali mezonlarini köllaşga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni faollaştiriş.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni ta'minlaş çoralarini köriş vazifasi topşirildi:
nogironligi bölgan şaxslar, şu jumladan katta yoşdagilarning savodxonligini oşiriş maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida umumta'lim maktablari negizida imo-işora tili va Brayl alifbosini örgatiş böyiça uşbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni taşkil etiş;
tegişli materiallarni naşr qilişni rağbatlantiriş, muhim sohalarda audiokitoblar yaratiş va ularni joriy etişni nazarda tutgan holda imo-işora tili va Brayl alifbosini qöllaş imkoniyatlarini kengaytiriş;
köriş a'zolari zaif şaxslarga ovoz eşittiriş imkonini yaratiş maqsadida turli xildagi dasturiy ta'minotlarga davlat tilida maxsus dasturlar, şu jumladan kompyuter operatsion tizimlari yaratiş, ularni uşbu şaxslar öqiyotgan va işlayotgan ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlarda keyinçalik erkin tarqatiş, örnatiş, şuningdek, mazkur dasturlarni yaratiş uçun salohiyatli homiylar topiş;
davlat organlari va taşkilotlarning rasmiy veb-saytlarida nogironligi bölgan şaxslar uçun joylaştirilgan ma'lumotlar bilan erkin tanişiş va xizmatlardan foydalanişga oid qöşimça imkoniyatlar joriy etiş;
nogironligi bölgan şaxslarga qulaylik yaratiş uçun jamoat transportini panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marşrutlarni eşittiruvçi, elektron ma'lumotlar tablolari kabi maxsus vositalar bilan jihozlaş, ulardan erkin foydalanişni bosqiçma-bosqiç ta'minlaş böyiça joylarda nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy himoyasi va moslaşuvi samaradorligini oşirişga oid çora-tadbirlarni köriş.
2018 yil 1 martdan nogironligi bölgan şaxslarga moslaştirilmagan şahar yölovçi transporti vositalarini sotib oliş taqiqlanişi belgilab qöyildi.
2018/2019 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilişning umumiy sonidan nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça ravişda ikki foizli kvota ajratiş tartibi joriy etilişi qayd etildi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yilning 1 apreliga qadar oliy ta'lim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni kvota asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom loyihasini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2018 yil 1 yanvardan boşlab faoliyat körsatiş turi va uni amalga oşiriş joyidan qat'i nazar I va II guruh nogironligi bölgan şaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun bir oyda eng kam iş haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar hisobidan işga yollangan har bir işçi uçun - bir oyda eng kam iş haqining 15 foizi miqdorida qat'iy belgilangan soliq stavkasi örnatiladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida Soğliqni saqlaş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda boşqa vakolatli idoralarning faoliyatini quyidagilarga qaratilgan takliflar tayyorlaş bilan birga qayta körib çiqişni ta'minlaydi:
Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining boşqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilişga, şu jumladan ularni töliq va kompleks kuzatgan holda körsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlaştirişga mas'ul bölgan ixtisoslaştirilgan idora taşkil etiş;
ixtisoslaştirilgan idora negizida nogironlikni belgilaşni töliq qamrab oluvçi yagona tizimni taşkil etiş;
tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan şaxslarning nogironlikka muvofiqligini tekşiriş tartibini joriy etiş;
amalga oşirilayotgan islohotlar talablariga javob bermaydigan samarasiz tuzilmalarni tugatib, tegişli ştat birliklarini yangi taşkil etilayotgan ixtisoslaştirilgan idoraga ötkaziş.
Nogironligi bölgan şaxslarning ahvolini yaxşilaş, tibbiy-ijtimoiy yordam va reabilitatsiya sifatini oşiriş, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va texnologik yangilaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi (keyingi örinlarda Jamğarma deb yuritiladi) taşkil etiladi.
2018 yil 1 iyundan boşlab, nogironligi bölgan şaxslar, tayinlangan pul tölovlarining turlari va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, körsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar töğrisidagi kompleks ma'lumotlarni öz içiga olgan, şuningdek, mazkur sohadagi işlarning holati haqidagi ma'lumotlarni tezkor oliş, davlat organlari örtasida ma'lumotlar almaşinuvini amalga oşiriş, byudjyet mablağlari maqsadsiz sarflanişi va suiiste'molçilik holatlarining oldini oliş imkonini beruvçi nogironligi bölgan şaxslarning yagona elektron reyestridan foydalaniş amaliyotga tatbiq etiladi.