Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mirat Arçayevni Turkmaniston davlat vaziri – «Turkmangaz» davlat konserni raisi etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati juma, 1 dekabr kuni xabar bergan.
«Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning Farmoniga muvofiq Arçayev Mirat Gurbandurdiyeviç Turkmaniston davlat vaziri - «Turkmangaz» davlat konserni raisi etib tayinlandi», - deyiladi xabarda.
U 2017 yilning aprelidan beri Turkmaniston gaz idorasi raisi vazifasini vaqtinçalik bajarib kelayotgandi. Bu lavozim esa mamlakat hukumatidagi eng muhimlaridan biri hisoblanadi.
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari böyiça Rossiya, Eron va Qatar bilan jahondagi eng yetakçi tört davlat qatoriga kiradi. Turkmaniston gaz sohasi mamlakat byudjyetidagi daromadlarning katta qismini ta'minlaydi.












