AQŞ BMT 2018 yilda qabul qilişni rejalaştirayotgan migratsiya töğrisidagi xalqaro şartnomaga qöşilmaydi. Bu haqida Taşkilotning Amerikadagi vakolatxonasi saytida ma'lum qilindi. 

Amerika 2016 yilda mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyati qarori bilan şartnomaga qöşilgandi.

"Nyu-York deklaratsiyasida AQŞning immigratsiya va qoçqinlar böyiça siyosati va Trampning immigratsion siyosati tamoyiliga zid bölgan köp qoidalar mavjud", - deyiladi doimiy vakolatxona bayonotida. 

Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining sözlariga köra, heç kim qoçqinlarni qöllab-quvvatlaş uçun AQŞçalik köp yordam bermagan, ular muhojirlarga kömak berişda davom etişadi. 

"Biroq immigratsion siyosatga doir qarorlar doim amerikaliklar va faqat ular tomonidan qabul qilinişi kerak. Çegaralarimizni qanday nazorat qiliş va kimlarga mamlakatimizga kirişga ruxsat berişni biz hal qilamiz. Nyu-York deklaratsiyasining global yondaşuvi AQŞ suverenitetiga nomuvofiqdir", - dedi Xeyli.