2 dekabrda Tel-Aviv köçalariga 20 mingga yaqin isroillik ularning fikriça mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyaxuni korrupsiya taftişlaridan “quruq” olib çiqişga qaratilgan qonunçilik taşabbuslariga qarşi çiqişdi. 

Boş vazir ittifoqdoşlari biri yuqoridagi kabi tergovlar böyiça politsiyaga tavsiyalar berişni taqiqlovçi, ikkinçisi esa amaldagi boş vazirga jinoiy ta'qibdan immunitet beruvçi qonunlarni parlamentdan ötkazişmoqçi.    

“20 mingga yaqin kişi şanba kuni keçki payt “şarmandalik marşi” deb atalgan namoyişga çiqişdi”, deb ma'lum qilgan “Kan” radiostansiyasi.

Netanyaxu işbilarmon doiralar vakillaridan qimmatbaho sovğalar olişda va mamlakatdagi eng yirik naşriyot uylaridan birining egasi bilan “ma'lum xizmatlar evaziga” hukumatning faoliyatini yaxşi tomondan yoritiş böyiça kelişib olişda gumon qilinmoqda. 

Politsiya Netanyaxuga nisbatan olib borilayotgan işlar böyiça korrupsiya, firibgarlik va işonçni suiste'mol qiliş alomatlari borligini tekşirayotganini ma'lum qilgan.

Netanyaxuning özi esa heç qanday qonunbuzarlikka yöl qöymaganini ta'kidlab, yana köplab yillar mamlakatni boşqarişini aytgan. U muxolif siyosatçilar va jurnalistlarni politsiya va prokuraturaga bosim ötkaziş yöli bilan töntaruv amalga oşirişga urinişda ayblamoqda. Agar tergov Netanyaxuga ayblov e'lon qilinişi bilan tugasa, unda uning iste'foga ketişi masalasi kötariladi.

Foto: Reuters