Nyu-Yorkning Tayms-skver tumanida AQŞning davlat qarzini eslatib turuvçi tablo yana paydo böldi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.
Tablo ekranida 14 raqamdan iborat son aks etib turibdi: unga köra, AQŞ öz kreditorlariga 20 trln dollardan köproq qarzni tölab berişi kerak.
Yarim yil avval Durst Organization developer kompaniyasi tabloni yangilaş uçun 160 ming dollar sarflagandi, biroq uning biroz eskirgan körinişiga tegmaslikka qaror qilingan. Kompaniya raisi Duglas Derstning aytişiça, bu “eskirgan” köriniş odamlarga davlat qarzi muammosi ançadan beri dolzarbligini eslatib turadi.
“Bu hukumatga “çöntakka qarab yaşaş kerak”ligini eslatib turadi”, deb aytdi Derst.
Kompaniyada davlat qarzi bilan boğliq vaziyat özini bir vaqtlar “qarzlar qiroli” deb atagan va “öz boyligini kreditlar hisobiga orttirganini” tan olgan Donald Tramp prezidentligi vaqtida ham tubdan özgarmasligi aytilmoqda.
Uşbu tablo Nyu-York köçalarida 1989 yildan işlay boşlagan. Uni yaratiş ğoyasi Derstning otasi Seymur Derstga tegişli bölgan. Qurilma örnatilgunga qadar Seymur Derst har yili senatorlarga davlat qarzi qança bölganini eslatib turuvçi yangi yil tabrigini jönatib kelgan. Tablo örnatilgan vaqtda AQŞ davlat qarzi bor-yöği 2,7 trln dollarni taşkil qilgan.

















