Eronning Tasnim agentligi Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih öldirilgani haqida xabar tarqatdi. Reuters agentligi ma'lumotiga köra, husiyçilar sobiq prezidentning Sanodagi uyini portlatişgan.
Al Arabiya telekanalida janob Solihning uyidagi portlaşdan keyin uning holati haqida qarama-qarşi xabarlar tarqaldi. Al Mayadeen telekanali esa sobiq prezident poytaxtdan çiqib ketişga uringanida halok bölganini ma'lum qildi.
Keyinroq Sky News Arabia Ali Abdullaning partiyasidagi manbaga asoslangan holda uning ölimi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekani haqida xabar qildi. Öz navbatida partiyaning boşqa vakili Al Arabiya muxbiriga sobiq prezident halok bölganini tasdiqladi. Bu xabarlar fonida internetda Ali Abdulla Solihga öxşaş kişining jasadi olib ketilayotgani tasvirlari paydo böldi.
Noyabr oyi oxirida Yamanda husiyçilar va Ali Abdulla Solih tarafdorlari örtasida ziddiyat yuzaga kelgandi. Avvaliga ittifoqçilikda hozirgi prezident Mansur Hodiy hukumatiga qarşi kuraşgan tomonlar endi Sano uçun talaşa boşladi. Yakunda poytaxtdagi kvartallarning katta qismi sobiq prezident tarafdorlari qöliga ötgandi.
Yamanda fuqarolik uruşi 2014 yilda boşlangandi — öşanda Mansur Hodiy tasarrufidagi kuçlar hamda şialarning «Ansor Alloh» nomli guruhi, husiyçilar va sobiq prezident Ali Abdulla Solihning tarafdorlari örtasida qurolli töqnaşuvlar boşlandi. Natijada, qonuniy prezident poytaxtni taşlab, janubdagi port şahar Adanga qoçişga majbur böldi.
2015 yilda Yaman hukumatini Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi qöllab-quvvatlab çiqdi va Yamanga koalitsiya kuçlari kiritildi. Koalitsiya Fors körfazi hududidagi arab davlatlari - Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, şuningdek, Iordaniya, Misr va Marokaşni öz içiga olgan.
Ötgan haftada Mansur Hodiy armiyani husiyçilar va Solih tarafdorlari örtasida kuraş boşlangan Sanoga yönaltirdi. Tanklar iştirokidagi töqnaşuvlar vaqtida yana yuzlab kişilar halok böldi.
2 dekabrda Solih partiyasi husiyçilarga qarşi kuraşga çorladi. Bundan taşqari, Solih Yamandan qamal olingandan keyin qöşni davlatlar bilan muloqot olib borişga tayyorligini bildirdi.
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya Solihning bu harakatlarini qöllab-quvvatladi. Bu orada «Ansor Alloh» yetakçisi Abdulmalik al-Husiy Solihni qöllab-quvvatlovçi kuçlarning harakatlarini «aqlsiz va şubhali», Solihning özini esa «sotqin» deb e'lon qildi.













