Mark Tsukerbergni Facebook ğoyasini öğirlaganlikda ayblagan egizak aka-ukalar Tayler va Kemeron Uinklvosslar dunyoning ilk bitkoin milliarderlari deya e'lon qilindi. The Telegraph şu haqida xabar berdi. 

Uinklvosslar bitkoinlarni sudda Tsukerbergdan yutib olgan pullarga sotib olişgan. 2008 yilda Tsukerberg aka-ukalarga tinçlik bitimi asosida 65 million dollar tölagan, 2013 yilda, ya'ni bir bitkoin 120 dollarga baholangan paytlarda ular 11 million dollarga kriptovalyuta sotib olişgan. Telegraph ma'lumotlariga köra, ular dunyodagi barça bitkoinlarning taxminan 1 foiziga egalik qilişadi. 

"Bu kriptovalyuta investitsiyalarida işlab olingan birinçi milliard hisoblanadi, bahsli aktiv uçun ahamiyatli jihat", - deyiladi manbada. 

Ularning moliyaviy holati taxminan 100 ming bitkoinga baholanadi. Ötgan hafta kriptovalyuta 10 ming dollar körsatkiçni qayd etdi. Manbada ta'kidlanişiça, egizaklar bitkoinlar xaridi bilangina çeklanib qolişmagan, ular özlarining onlayn-birja va vençur fondlarini ham oçişgan. "Biz bitkoinlarni heç qaçon sotmaganmiz, uzoq yillarni közlab, mablağ  kiritganmiz", - degan Kemeron Uinklvoss 2015 yilda.

Bitkoinlardagi 1 milliard dollardan ortiq mablağning yana bir egasi kriptovalyuta asosçisi, Satoşi Nakamoto taxallusi ostida yaşirin inson hisoblanadi. 

Aka-uka Uinklvosslar Harvardda Mark Tsukerberg bilan birga öqişgan. 2002 yilda ular yana bir talaba Divya Narendra bilan birga ConnectU (yana bir nomi -HarvardConnection) ijtimoiy tarmoği ustida işlaşni boşlaşgan. Bir vaqtlar Tsukerberg ular bilan hamkorlik qilgan, u özining şaxsiy thefacebook.com ijtimoiy tarmoğini yölga qöyiş haqida öylab yurgan va 2004 yilning fevralida uni işga tuşirgan.