AQŞ Turkiyani jazolamoqçi va obrösizlantirmoqçi, çunki Turkiya unga taşqaridan suqiştirilayotgan ssenariylarga böysunmayapti. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bildirib ötdi.
“AQŞ bizni jazolaş, qoralaş va obrösizlantirişga harakat qilmoqda, çunki biz ularning ssenariylariga amal qilmayapmiz. Bu ssenariylarning maqsadi oydin va davlatimizdagi odamlar yordamida amalga oşirilmoqda. Ular buni FeTO bilan birga qilmoqdalar. Biroq ular bizni alday olmasliklarini bilişlari kerak”, deb aytgan Erdöğan Agra şahridagi çiqişi vaqtida.
Erdöğan, şuningdek, Vaşingtonni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasini qöllab-quvvatlaşda aybladi. “Bu ssenariyning bir qismi AQŞda Turkiya fuqarolariga qarşi sudlar hisoblanadi. Bizning nomimizga aytilayotgan bu yolğon, böhton va hujumlar oqimi mamlakatni tiz çöktirişga va jamiyatimizga parokandalikni kiritişga qaratilgan bir ssenariyning qismidir. Bu urinişlarning barçasi barbodlik bilan tugaydi”, deb qöşimça qilgan Erdöğan.
Avval Erdöğan AQŞni terrorçilikka qarşi kuraş körinişi ostida Yaqin Şarqda özi uçun kerakli bölgan tartibni örnatmoqçi bölayotganlikda ayblagandi. Jumladan, Erdöğan Vaşington IŞIDga moliyaviy kömak körsatayotganini va Raqqadan terrorçilarning olib çiqilişiga aloqador bölişi mumkinligini ta'kidlab ötgan.












