Qozoğiston yaqin vaqt içida Afğonistonga insonparvarlik yordami yuboradi, deya xabar bermoqda primeminister.kz.
Xabar qilinişiça, Qozoğiston hukumati rahbari Boqijon Sagintayev Soçi şahrida Afğoniston Islom Respublikasi ijro etuvçi hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla bilan ikki davlat örtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.
“Qozoğiston va Afğonistonning savdo-iqtisodiy, gumanitar, harbiy-texnik sohalardagi bölajak hamkorligi masalalari muhokama qilindi, şuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlaş sohasidagi hamkorlik jihatlari körib çiqildi. Boqijon Sagintayevning ta'kidlaşiça, Qozoğiston hukumati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari körinişida insonparvarlik yordamini körsatiş böyiça qaror qabul qilindi, u yaqin vaqt içida yuboriladi", - deyiladi xabarda.
Boş vazirlar uçraşuvi Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengaşining yiğilişi doirasida bölib ötdi.












