Andijon viloyat prokuraturasi Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev işi böyiça tergov işini boşladi. Bu haqda işonçli manba Kun.uz'ga xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, Dilmurod Rahmatullayev ayni paytda xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşi raisi, deputat hisoblanadi. Şu boisdan, hokimga nisbatan tergov harakatini davom ettiriş uçun viloyat prokuraturasi vaqtinça «​deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş​»​ töğrisidagi sörovni tayyorlagan. 

Qonunçilikda nazarda tutilgan muddatga köra, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisidagi masala viloyat, tuman, şahar prokurorining yoki yuqori turuvçi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengaşi tomonidan ön kun içida hal etiladi.​ Şuningdek, xalq deputatlari Kengaşining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik beriş masalasiga doir qarori darhol tegişli prokurorga yuboriladi.​

Tegişli xalq deputatlari Kengaşining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik berişni rad etişi, unga nisbatan jinoyat işini yuritişni yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoni nazarda tutadigan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni yuritişni istisno etadigan va bunday işlarni tugatişga sabab böladigan holat hisoblanadi. ​Prokuratura uşbu vaziyatga tegişliça huquqiy baho berişi va tergov-suriştiruv işini davom ettirişi ana şu Kengaş qaroriga muvofiq bajariladi.

Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida»gi qonunda deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş haqida körsatib ötilgan.

Unga köra, Xalq deputatlari Kengaşining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik beriş masalasiga doir qarori darhol tegişli prokurorga yuboriladi.

12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş tartibi
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisidagi masala tegişinça viloyat, tuman, şahar prokurorining yoki yuqori turuvçi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengaşi tomonidan ön kun içida hal etiladi.

Tegişli xalq deputatlari Kengaşining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik berişni rad etişi unga nisbatan jinoyat işini yuritişni yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoni nazarda tutadigan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni yuritişni istisno etadigan va bunday işlarni tugatişga sabab böladigan holat hisoblanadi.