AQŞ armiyasi general-leytenanti Ben Xojyes Ukrainada 250 nafar amerikalik askar borligini aytib ötdi.
Xojyesning «Yevropa haqiqati» naşriga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Ukraina nafaqat armiyani rivojlantirişi, balki islohotlarni ötkazişi ham muhim. Uning ta'kidlaşiça, Kiyevdan buni xorijlik köplab şeriklar kutmoqda.
«Umuman olganda, barça mamlakatlarda şaffoflik, korrupsiya bilan kuraş sohasidagi islohotlar böyiça kutişlar mavjud. Biroq AQŞ, albatta, Ukrainaga sodiq bölib qoladi. Biz islohotlar muvaffaqiyatiga işonamizmi? Albatta! Sababi Ukrainada hozir 250 nafar amerikalik askar bor, ötgan hafta men ular bilan Yavorov poligonida birga böldim. Biz Ukraina bilan şerikmiz. Şeriklik esa muvaffaqiyat uçun umumiy majburiyatni anglatadi», - deya aytib ötdi Xodjyes.
Şuningdek generalning ma'lum qilişiça, Ukraina öz qurolli kuçlari modernazitsiyasi va ularni ğarbiy standartlarga moslaştiriş böyiça harakatlarni davom ettirişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina boş prokurori FQBni ayblab çiqqandi. Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilişiça, mamlakat korrupsiyaga qarşi milliy byurosining AQŞ FQB bilan hamkorligi noqonuniy bölgan.












